So’nggi yangiliklar

15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  0 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  1 14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  2 14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  1 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  0 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  1 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  2 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  10 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  2 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  1 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  6 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  14 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0

Osiyo kubogi-1976. Raqib liboslarini kiygan holda oxirgi kubogini ko'targan chempion haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

Osiyo kubogi-1976. Raqib liboslarini kiygan holda oxirgi kubogini ko'targan chempion haqida hikoya qilamiz

G'olib jamoa turnir davomida o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormadi.

1976 yilgi qita chempionati dastlab Livanda o'tkazilishi rejalashtirilgandi, biroq jamoa musobaqada ishtirok etmasligini malum qildi. Turnir o'tkazilishi bekor qilinish xavfi ham paydo bo'ldi, biroq Eronda yakunda masuliyatni zimmasiga oldi. SHunday qilib, Eron ikkinchi bor musobaqani qabul qilgan dastlabki mamlakatga aylandi. Bu chempionat xuddi o'tgan chempionat kabi ikki guruhli va pley-off uchrashuvlaridan iborat bo'ldi. 

Dastlab final bosqichida 8 ta terma jamoa ishtirok etishi rejalashtirilgandi. Biroq Saudiya Arabistoni, SHimoliy Koreya va Tailand final turnirida qatnashish huquqini qo'lga kiritgan bo'lsa ham musobaqada ishtirok etishdan bosh tortdi.

Hisob bo'yicha oltinchi Osiyo kubogida Eron, Xitoy, Iroq, Quvayt, Malayziya hamda Janubiy Yaman terma jamoalari qatnashishdi. 

3–13 iyun kunlari o'tkazilgan musobaqaning o'yinlari Tabriz va Tehron shaharlarida joylashgan "Bag SHomal" (hozirgi "Taxti") va "Arya mehr" (hozirgi "Ozodi") stadionlarida bo'lib o'tdi.

Eron kuchli tarkibga ega bo'lganiga qaramay, musobaqa oldidan bir qancha o'zgarishlarga uchradi. Jumladan, jamoaning irlandiyalik bosh murabbiyi Frenk O’Farrell o'rniga Heshmat Mohajerani tayinlandi. SHuningdek, Ali Jabbori, Ibrohim Ashtiani singari tarkibdagi bir qancha etakchilar o'rniga yosh futbolchilar jalb etildi. SHuningdek, turli nizolar sababli termadan chetlashtirilgan bir qancha o'yinchilar qaytarildi.

Guruh bosqichida Iroqni 2:0, Janubiy Yamanni 8:0 hisobida dog'da qoldirgan mezbonlar yarim finalda qo'shimcha bo'limlarda Xitoy darvozasiga javobsiz ikkita to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.

 3 iyun

Quvayt – Malayziya 2:0
Gollar:
Al Anbari 10, Al Dohil 42

5 iyun

Xitoy – Malayziya 1:1
Gollar:
Vang Jilian 58 – Dahari 50

7 iyun

Quvayt – Xitoy 1:0
Gollar:
Kamol 1

#

Aguruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

1

Quvayt

2

2

0

0

3-0

4

2

Xitoy

2

0

1

1

1-2

1

3

Malayziya

2

0

1

1

1-3

1

4 iyun

Eron – Iroq 2:0
Gollar:
Nouraei 45, Roshan 58

6 iyun

Iroq – Janubiy Yaman 1:0
Gollar:
Vaal 84

8 iyun

Eron – Janubiy Yaman 8:0
Gollar
: Azizi 17, 73, Nouraei 40, 42, Xurshidi 45, Mazlumi 63, 74, 80

#

Bguruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

1

Eron

2

2

0

0

10-0

4

2

Iroq

2

1

0

1

1-2

2

3

Janubiy Yaman

2

0

0

2

0-9

0

Yarim final 

11 iyun

Quvayt – Iroq 3:2
Gollar:
Ibrohim 11, Kamol 77, 100 – Abdul Jalil 46, Hassan 85


11 iyun

Eron – Xitoy 2:0
Gollar:
Xurshidi 100, Roshan 119


Uchinchi o'rin uchun bahs  

13 iyun

Iroq – Xitoy 0:1
Gol
: Xe Jia 61


FINAL

13 iyun

Quvayt – Eron 0:1
Bosh hakam:
Jan Dubach (SHveycariya)

Gollar: Ali Parvin 71


Finalda mezbonlar 112 ming tomoshabin ko'z o'ngida Kuvayt terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Kuvayt kuchli jamoa hisoblanib, jamoani Braziliya bilan Meksikadagi jahon chempionatida g'olib chiqqan Mario Zagallo boshqarardi. Hatto jamoa Tabriz ob-havosiga moslashish maqsadida bu erga qolgan raqiblariga qaraganda ertaroq, yani musobaqa boshlanishidan bir hafta ilgari etib keldi.

O'z guruhida birinchi o'rinni egallab, yarim finalda Iroqni mag'lub etgan Kuvayt final uchrashuvi davomida raqib bilan tengma-teng harakat qilib, bazida ularni himoyalanishga majbur etgan bo'lsa-da, 71-daqiqada Ali Parvin tomonidan jarima zarbasidan kiritilgan to'p Eronga ketma-ket uchinchi chempionlikni keltirdi. Hozirga qadar hech bir davlat Osiyo kubogini ketma-ket uch marta qo'lga kiritmagan. Bu borada Eron mutlaq rekordchi hisoblanadi. Qolaversa, forslar turnir davomida o'z darvozasidan birorta to'p o'tkazib yubormadi. Biroq o'sha chempionatdan so'ng forslar chempion bo'lish tugul finalga ham chiqa olishmayapti.

Eron futbolchisi Ali Parvin turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan bo'lsa, G'ulom Hussayin Mazlumi (Eron), Nosir Nouraei va Fathi Kamol (Kuvayt) 3 tadan gol urib, to'purarlar qatoridan o'rin oldi. O'yindan so'ng jamoalar o'zaro libos almashib olishadi va eronliklar kubokni raqib libosi ostida boshi uzra yuqori ko'tarishadi.

Uchrashuvlar 80 daqiqa davom etgan ilk Osiyo kubogi tarixi hamda turnirning urushdan tashrif buyurgan g'olibi haqida hikoya qilamiz

Unutilgan va yo'qolgan kuboklar, soxta medallar hamda halok bo'lgan bolakay — ikkinchi Osiyo kubogi haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1964. CHempioni OFK tarixidan tushib qolgan turnir haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1968. Muammolar girdobidagi Eron "Oltin davr"ini chempionlik bilan boshladi

Osiyo kubogi-1972. Mezboni almashgan turnir omadli kunda o'ynagan jamoaning chempionligi bilan yakunlandi


Oqil Abdubarnoev tayyorladi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика