So’nggi yangiliklar

22:35БАА. "Ал Батеҳ" "Ал Васл"га ютқазган ўйинда Ғаниев ассист қайд этди  0 22:30Тебас лавозимидан четлатилиши мумкинлигинидан хавотирланмаяпти. "Реал" Ла Лига президенти устидан шикоят киритганди  0 22:14Ўзбекистон Кубоги. Олмалиқдаги "отишма"да ОКМК камбэк эвазига "Насаф"дан устун келди  57 22:00"Ман Сити" Коштани 40 миллион еврога имзолашга умид қилмоқда  2 21:40Рэшфорднинг келажаги мавсум якунлангач маълум бўлади  0 21:10"Бавария" Чемпионлар лигасидан чиқиб кетганидан сўнг янги марказий ҳимоячи изламоқда  3 20:54А Серия. “Парма” – “Ювентус”. Таркиблар аниқ!  0 20:45"Барселона" ўз бош мураббийи билан янги шартнома бўйича келишувга эришди  0 20:21"Манчестер Сити" дарвозабони Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 19:54Григорий Колосовский: "Суперлига жамоасини мағлуб этишга қодирмиз"  1 19:12"Ал Ҳилол" "Барселона" футболчиси учун 100 миллион евро тўлашга тайёр. Ўйинчининг ўзига эса 200 млн. доллар  6 18:55Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" "Навоий ФА" дарвозасига жавобсиз 9та гол урди  22 18:32Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" - "Локомотив" 2:0  1 18:30Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" меҳмонда "Наманган ФА"ни таслим қилди  1 17:50МЮ Осимхен билан келишиб олди  3

Osiyo kubogi-1964. CHempioni OFK tarixidan tushib qolgan turnir haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

Osiyo kubogi-1964. CHempioni OFK tarixidan tushib qolgan turnir haqida hikoya qilamiz

Ushbu Osiyo kubogi 4 ta jamoa ishtirok etgan eng so'nggi musobaqa bo'ldi.

Osiyo kubogiga Isroil mezbon bo'lgani uchun ko'plab musulmon va boshqa mamlakatlar (Yaponiya, Xitoy, Filippin, Afg'oniston, Eron, Indoneziya, Pokiston va boshqalar) saralashda qatnashishmadi.

SHu bois SHarqiy mintaqada Janubiy Koreya va G'arbiy mintaqada Hindiston hech qanday o'yin o'tkazmay Osiyo Kubogi final bosqichiga yo'l olgan.

Faqatgina Markaziy mintaqada 4 ta jamoa saralash bahslarida ishtirok etishgan. Unda Gonkong terma jamoasi Janubiy Vetnam, Malayziya va Tailandni ortda qoldirib, qita chempionatiga yo'llanma olgandi.

1964 yilgi Osiyo kubogida Hindiston terma jamoasi debyut qildi. 

Musobaqa 26 may–3 iyun kunlari Isroilning to'rtta Ramat Gan, Hayfa, Tel-Aviv va Ierusalim shaharlarida bo'lib o'tdi. Mazkur turnir uchrashuvlari ham avvalgilari singari 80 daqiqa davom etdi.

Final bosqichida 5 ta jamoa ishtirok etishi ko'zda tutilgandi. Ammo Tayvan logistik qiyinchiliklarga duch kelganini malum qilib, turnirdan ishtirok etmasligini malum qildi. Ularning o'rniga Markaziy zona saralash bosqichida ikkinchi o'rinni egallagan Janubiy Vetnamga taklif yuborildi, biroq mamlakat moliyaviy sabablarga ko'ra taklifni rad etdi. SHu sababli musobaqada yana to'rtta jamoa qatnashdi.

Ayni paytda UEFAga o'tib ketgan Isroil terma jamoasi o'z uyida bo'lib o'tgan chempionatda barcha o'yinlarda zafar quchib g'olib chiqdi. Takidlash lozimki, isroilliklar bundan oldingi ikkita qita chempionatida qatnashib, ikkinchi o'rinni olishgandi. Mazkur turnirda ishtirok etgan isroilliklarning aksariyati ishchi yoki harbiylar edi, shu bois ular haftada uch marotaba tushdan keyin mashg'ulot o'tkazishardi. Butun tarkib mahalliy klublarda o'ynardi, ularning asosiy qismi uch klub — "Makkabi Hayfa", "Hapoel Petah" va "Hapoel Tel-Aviv" azolari edi va turnir davomida terma jamoa safidagi ilk uchrashuvlarini o'tkazgan.

"Umrim davomida ettita urushni boshdan kechirdim. Yana urush bo'ladimi-yo'qmi, bilmayman. Biroq stadionda davlat madhiyasini eshitishdan lazzatliroq narsa yo'q", degandi 26 yoshli isroillik futbolchi Amaciya Levkovich.

Tarkiblar 

Isroil

Darvozabonlar: Icik Visoker, Xaim Levin

Himoyachilar: David Primo, Avraam Kalmi, Xaim Baxar, Moshe Leon, Gidon Tish, SHaul Mataniya

Yarim himoyachilar: Amaciya Levkovich, Exezkel Kacav, Naum Stelmax [v], Mordexay SHpigler, Yosef Maxalal

Hujumchilar: Yoxay Axaroni, SHlomo Levi, Reuven Yang, Eynshteyn Kalish, Raxamim Talbi

Murabbiy: Yosef Mirmovich


Hindiston

Darvozabonlar: Piter Tangaradj, SHankar Subramaniam Narayan

Himoyachilar: O. CHandrashekar, Fortunata Franko, Prasanto Sinxa, Arun Gosh, Mritundjoy Banerdji, Sayed Nayimuddin

Yarim himoyachilar: Djarnail Singx, Moxammed Yusuf Xan, CHuni Gosvami [c], Ram Baxadur, Kadjal Mukerdji

Hujumchilar: Inder Singx, K. Appalaradju, Arumai Nayagam, X.X. Xamid, Sukumar Samadjapati

Murabbiy: Garri Rayt (Angliya)


Janubiy Koreya

Darvozabonlar: U-SHik Yon, In-Bok O

Himoyachilar: Kim CHon-Sok, Pak Syn-Ok [c], So Son-O, CHo Nam-Su, Li Yn-Son

Yarim himoyachilar: Kim Yon Yol, CHoy Myon Gon, Li Sun Myon, Kim Du Son

Hujumchilar: Sok-U CHan, Yun-CHjon Xa, Sun-CHon CHung, Byon-Tak CHung, Dji-Yn CHan, Gym Su Be

Murabbiy: YU-Xyon Li


Gonkong

Darvozabonlar: Lo Dak-Kun, Mok Siu Lam

Himoyachilar: Lok Tak-Xing, Ip Kam-Xung, Fung Ki-Vang, Lyu Kam-Ming, U Kit-Lyun

Yarim himoyachilar: Xo CHung-Yau, Kung Va-Kit, CHung Vin-CHing [c], CHung YU-Kvok, Lau CHi-Lam

Hujumchilar: Au Pan-Nin, Li Kvok-Geung, Lyun Vay-Xung, Kvok Ving, Lau Kay-CHiu


26 may
Isroil – Gongkong 1:0
Gol:
Mordechai Spiegler 76

27 may
Janubiy Koreya – Hindiston 0:2
Gollar:
Appalaraju 2, I.Singx 57.

29 may
Isroil – Hindiston 2:0
Gollar:
Mordechai Spiegler 29 pen, Axaroni 76

31 may
Janubiy Koreya – Gongkong 1:0
Gol:
Bae Keum Su 74

2 iyun
Hindiston – Gongkong 3:1
Gollar
: I.Singx 45, Samajapati 60, Gosvami 77 – CHeung Yiu Kvok 39.

3 iyun
Janubiy Koreya – Isroil 1:2
Gollar
: Xux Yun Jung 79 – Leon 20, Tish 38


#

Osiyo Kubogi-1964

O'

YU

D

M

T-N

O

1

Isroil

3

3

0

0

5-1

6*

2

Hindiston

3

2

0

1

5-3

4

3

Janubiy Koreya

3

1

0

2

2-4

2

4

Gongkong

3

0

0

3

1-5

0


* - o'sha paytda g'alaba uchun 2 ochko berilgan.

Mazkur yilning o'zida Tokio Olimpiadasi saralash bosqichi o'tkazildi. Janubiy Koreya Olimpiya o'yinlarini muhimroq hisoblab, asosiy tarkibni saralash bahslariga jalb etadi hamda Osiyo kubogiga 2-tarkibni yuboradi. Natijada amaldagi qita chempionlari 3-o'rin bilan kifoyalandi.

OFK tarixidan tushib qolgan chempionlar

OFK 2015 yilgi Osiyo kubogi arafasida turnir tarixi hamda chempionlar aks etgan videorolikni YouTube'dagi sahifasiga joyladi. Qiziq tomoni, videodan Isroilning 1964 yilgi chempionligi aks etgan lavha o'rin olmagan, yani ushbu mamlakat tushirib qoldirilgan. Bu esa katta shov-shuvlarga sabab bo'ldi. (YouTube orqali videoni tomosha qilish)


Eslatib o'tamiz, ko'pgina arab va musulmon davlatlari Isroil bilan o'ynashdan bosh tortishi natijasida OFK 1974 yil Kuvaytning Isroilni tashkilotdan chiqarib yuborish to'g'risidagi taklifini qabul qildi. Isroil 1994 yilga kelibgina UEFA azosiga aylandi.

Uchrashuvlar 80 daqiqa davom etgan ilk Osiyo kubogi tarixi hamda turnirning urushdan tashrif buyurgan g'olibi haqida hikoya qilamiz

Unutilgan va yo'qolgan kuboklar, soxta medallar hamda halok bo'lgan bolakay — ikkinchi Osiyo kubogi haqida hikoya qilamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика