So’nggi yangiliklar

22:56АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар эълон қилинди  3 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  1 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  1 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  99 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  15 18:20ЎзФҲМ "Сўғдиёна" – "Динамо" учрашувидаги эҳтимолий пенальти бўйича изоҳ берди  23 17:463 та голга ассистентлик қилган футболчи, рақибни тор-мор келтирган мураббий, 22 ёшли посбон — Суперлигада 20-турнинг энг яхшилари​  0 17:20Ўзбекистонда футбол соҳаси рақамлаштирилади  6 17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0

Osiyo futboli yulduzlari. Ali Dayi Yangiliklar

Osiyo futboli yulduzlari. Ali Dayi

Eronlik 48 yoshli Ali Dayi o'z terma jamoasi uchun 100tadan ko'p gol urgan futbolchi hisoblanadi hamda bu borada uning nomi Pele, Ferenc Pushkash, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bilan birga tilga olinadi.

Ali Dayi Eron terma jamoasida 149 o'yinda maydonga tushib, 109ta gol urgan. U futbolchilik faoliyatini "Istiqlol Ardabil", "Taksirani", "Bank Tejarat", "Persepolis", "Al Sadd", "Arminiya", "Bavariya", "Gerta", "Al SHabab", "Saba Batteri", "Saypa" kabi klublarda o'tkazgan.


Ali Dayi katta futboldagi ilk qadamlarni 1988 yilda qo'ygan. 1994 yil unga "Persepolis" murabbiylari qiziqib qolib darhol klubga taklif etishadi. SHu bilan Dayining hayoti tubdan o'zgarib ketadi va professional futbol nimaligini his qila boshlaydi. 


Yosh hujumchi uchun ayniqsa "Persepolis"dagi 1995-96 yilgi mavsum yaxshi kechadi. Dayi shuningdek 1996 yilgi Osiyo Kubogida ham o'zini ko'rsatadi va muxlislarga Osiyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri sifatida taniladi. 

Eron termasi Osiyo Kubogi-96da Ali Dayining gollari sabab avvaliga Saudiya Arabistoni, keyin Janubiy Koreya kabi kuchli raqiblarni mag'lub etadi. Ayniqsa koreyaliklar bilan kechgan 6:2 hisobidagi chorak final o'yinida Ali Dayi to'rtta gol urishga muvaffaq bo'ladi. 

"Mana shu o'yin mening faoliyatimni tubdan o'zgartirib yuborgandi, - deydi eronlik to'purar. - Osiyo Kubogidan so'ng men Evropa eshiklari ochildi, Germaniyaga yo'l oldim va o'sha erda o'ynay boshladim". Umumiy hisobda Ali Dayi 1996 yilgi Osiyo chempionatida 8ta gol urishga muvaffaq bo'ladi.


Ali Dayi Germaniyaning "Arminiya" klubiga borib qo'shilgan payt 28 yoshda edi. U bir mavsum ushbu jamoa safida to'p tepgach, darhol "Bavariya" etiborini qozonadi va mavsum yakunida Myunxenga yo'l oladi. 

Ali Dayi "Bavariya" tarkibida Evropa chempionlar ligasida o'ynagan ilk eronlik futbolchi sifatida tarixga kiradi. Qolaversa, jamoasi bilan Bundesligada g'olib chiqadi. 1999 yilning yarmida u "Bavariya"ni tark etib, "Gerta" safiga borib qo'shiladi. Va shu yili Osiyoning "Eng yaxshi futbolchisi" deb topiladi. 

Dayi faoliyatining uch yilini Germaniya poytaxtida o'tkazgan. U "Gerta" safida chempionlar ligasi bahslarida maydonga tushib, "CHelsi" va "Milan" darvozasiga chiroyli gollar uradi. 

"Men Germaniyada yashab juda ko'p narsani o'rgandim, - deb xotirlaydi Ali Dayi. - SHulardan eng muhimi, bu jamoada tartib-intizom birinchi o'ringa qo'yilishidir".


Eronlik to'purar JCH-98 va 2000 yilgi Osiyo Kubogida ham o'zini ko'rsata olgan. Xususan 2000 yilning o'zida terma jamoasi uchun 20ta gol urishga muvaffaq bo'ladi. Ammo oradan ikki yil o'tib Ali Dayi jahon chempionatida qatnasha olmaydi. CHunki saralashning pley-off bahsida Eron Irlandiyaga yutqazib qo'yadi.


2003 yilning oxirlarida Eron Livanga qarshi bahs olib boradi. O'yinning 85-daqiqasida Ali Dayi raqib darvozasini ishg'ol etadi va bu gol uning uchun terma jamoadagi 100-golga aylanadi. SHundan so'ng Ali Dayi nomi afsonaviy Ferenc Pushkash bilan bir qatorda tilga olina boshlaydi. 

U terma jamoa uchun oxirgi golini 2006 yilning mart oyida Kosta-Rika darvozasiga kiritgan. "Hamma gollarim Eron xalqi uchun, men uchun emas, agar jamoadoshlarim va muxlislar ko'magi bo'lmaganida men buncha ko'p ura olmasdim", - deydi Ali Dayi.

Vaqt o'tib uning rekordini kimdir yangilay oladimi? Sobiq futbolchi bu savolga javob berar ekan shunday deydi: "Futbolda hamma narsa yangilanib bormoqda, shunday ekan bir kun kelib bu rekord ham yangilanishi mumkin".

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика