Osiyo futboli. "Persepolis" 6 ochkodan mahrum qilinishi mumkin
03 avg 2020 20:24
Yangiliklar


Osiyo futboli. "Persepolis" 6 ochkodan mahrum qilinishi mumkin
Gap shundaki, ushbu klub yaqin bir hafta ichida Branko Ivankovich hisob-raqamiga 1 million evro o'tkazib berishi kerak bo'ladi. CHunki tehronliklarda avvalgi murabbiydan qarzdorlik qolgan. SHuningdek, "Persepolis" shu yilning qishida jamoani tark etgan Gabriel Kalderonga 580,000 dollar to'lashi lozim. Agar qarzdorlik bartaraf etilmasa klub 6 ochkodan mahrum qilinishi kutilmoqda.
Malumki, "Persepolis" doim moliyaviy muammolarga duch keladi. Masalan, 2017 yil ham klub oldida qarzdorlik borligi sabab transfer oynasi paytida yangi o'yinchilar bilan shartnoma imzolay olmagan, buning natijasida Mehdi Taremi ushbu jamoaga kela olmagandi. Bundan tashqari "Persepolis" va "Istiqlol" Eron sport vazirligiga qarashli klublar hisoblanadi hamda bu ikki jamoa teletranslciyalardan pul olmaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar