Osiyo futboli. Bahrayn iyul oyida 7ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
29 may 2019 15:50
Yangiliklar


Osiyo futboli. Bahrayn iyul oyida 7ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Bahrayn futbol federaciyasi JCH-2022 saralash bosqichiga tayyorgarlik rejasini malum qildi.
Unga ko'ra, milliy terma jamoa iyul oyida ettita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni maqsad qilgan. Bahrayn termasi yangi bosh murabbiy Elio Souza qo'l ostida 8-27 iyul kunlari Portugaliyada yig'in tashkil etadi. Ayni paytda ushbu murabbiy Polshada bo'lib o'tayotgan U-20 jahon chempionatida Portugaliya termasini boshqarmoqda.
Musobaqa yakuniga etganidan keyin, aniqrog'i 25 iyun kuni murabbiy Bahrayn termasini qabul qilib oladi. Iyun oyida bahraynliklar Souzaning yordamchilari bilan Riffada mashg'ulot o'tkazib turishadi. Ettita o'rtoqlik uchrashuvi kimlarga qarshi bo'lib o'tishi haqida esa futbol federaciya keyinroq malumot berishini bayon etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar