Osiyo futboli. "Al Hilol" italiyalik hujumchini tanishtirdi
05 fev 2019 12:17
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/475736_original.jpg)
![](/upload/storage/475736_220.jpg)
Osiyo futboli. "Al Hilol" italiyalik hujumchini tanishtirdi
Italiyalik hujumchi Sebastyan Jovinko faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.
Sebastyan Jovinko yaqinda "Al Hilol" klubi safiga qo'shildi. Malumki, "Al Hilol" Osiyoning eng nomdor klublaridan biri hisoblanadi. Bu jamoa kecha mamlakat chempionati navbatdagi turida o'z maydonida "Al Fateh"ni qabul qilib 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
O'yindan oldin klub yangi futbolchini stadionga tashrif buyurgan muxlislarga tanishtirdi. Malumot uchun, 32 yoshli Jovinko bunga qadar "Toronto" klubida to'p tepib kelayotgandi. U faoliyati davomida "Yuventus", "Parma", "Empoli" kabi klublarda ham o'ynagan. Mana endi o'z omadini Osiyoda sinab ko'radi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar