

Avvalroq, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa yigitlarimizning Osiyo chempionatidagi o'yinlarini yuqori baholab, chempionlik bilan tabriklagani haqida xabar berib o'tgandik.
Shuningdek, bunday tabriklar Janubiy Koreya futbol Assotsiatsiyasi prezidenti Chun Mung Gu, Falastin futbol Assotsiatsiyasi Prezidenti Jibriyl Rajab va Qirg'iziston futbol federatsiyasi prezidenti Semetey Sultanovdan ham keldi.
Tabriknomalarda o'zbek futbolchilarining Osiyo chempionatida qo'lga kiritgan bu yorqin g'alabasi yuqori darajada etirof etilib, mazkur natija o'zbek futbolida yangi sahifa bo'lib ochilishi haqida aytib o'tilgan.




