So’nggi yangiliklar

08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  0 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  3 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  2 08:10А Серия. 3-турнинг марказий учрашувида ҳисоб очилмади, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  6 07:51Мбаппе ўзини "Реал"да Роналдунинг вориси деб ҳисоблайдими? деган саволга жавоб берди  1 07:24Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 06:45ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Бетис", Мбаппе ЛаЛигадаги биринчи голини урди  0 02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  45 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  1 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  4 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  25 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  1 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  9 23:19Бир-икки, бир-икки...  11 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  14

Osiyo chempionlar ligasi. O'zbek klublari pley-off bosqichida qanday o'ynashgan? Yangiliklar

Osiyo chempionlar ligasi. O'zbek klublari pley-off bosqichida qanday o'ynashgan?

Xabaringiz bor, ertaga Qarshining "Nasaf" klubi 2017 yilgi Osiyo chempionlar ligasi musobaqasi pley-off bosqichida Bahraynning "Al Hidd" klubiga qarshi o'ynaydi.

Ushbu bahs g'olibi 7 fevral kuni Saudiya Arabistonida "Al Fateh" mehmoni bo'ladi. Ana o'sha uchrashuv g'olibi OCHL-2017 guruh bosqichiga yo'l oladi.

Biz o'quvchilarimizga O'zbekiston klublarining o'tgan yillarda Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichida qanday ishtirok etishgani haqida malumot berishga qaror qildik.

Musobaqa aynan Osiyo chempionlar ligasi deb atala boshlangan 2002-2003 yilgi mavsumda ikki klubimiz pley-offda o'ynagan. Farg'onaning "Neftchi" klubi dastlab Yamanning "Al Ahli" klubini ikki o'yin natijasiga ko'ra 8:1 (6:0, 2:1) hisobida taslim qilgan. Ikkinchi saralash bosqichida Sarkisyan shogirdlari Osiyoning eng kuchli klublaridan biri hisoblangan Tehronning "Istiqlol" klubiga qarshi tengma-teng o'yin o'tkazishgan. Farg'onada 2:1 hisobida g'alaba qozongan "Neftchi" safarda 0:1 hisobida yutqazib faqatgiina safarda urilgan gol qoidasi tufayligina guruh bosqichidan chetda qolgandi.

O'sha yil Toshkentning "Paxtakor" klubi ilk bosqichda Qatarning "Al Ittihod" klubini ikki o'yin natijasiga ko'ra 6:4 (3:4, 3:0) hisobida mag'lub etib navbatdagi bosqichga chiqqandi. Hal qiluvchi bosqichda "sherlar" BAAning "Al Ahli" klubini ikkala uchrashuvda ham (3:2, 1:0) mag'lub etib guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishgandi.



SHundan so'ng uzoq vaqt klublarimiz pley-offda o'ynashmadi. Faqat 2012 yilga kelibgina Farg'onaning "Neftchi" klubi guruhga chiqish uchun saralashda qatnashdi. Dubayning "Al SHabab" klubiga qarshi o'tgan o'yinda Azizbek Haydarov jamoadoshlari 3:0 hisobida g'alaba qozonib "Neftchi"ni musobaqadan chiqarib yuborishgandi.

Bir yil o'tib Toshkentning "Lokomotiv" klubi musobaqadagi debyutini aynan shu bosqichda o'tkazgan. BAAda "Al Nasr"ga qarshi o'tgan uchrashuvda "temiryo'lchilar" 2:3 hisobida alamli mag'lubiyatni qabul qilib olishgandi hamda OCHL bilan juda tez xayrlashishgandi.

2014 yil bir yo'la ikki klubimiz omadini pley-offda sinagan. Qatarda "Al Jayish" mehmoni bo'lgan Qarshining "Nasaf" klubi 1:5 hisobidagi yirik mag'lubiyat bilan ortga qaytgan edi. "Lokomotiv" esa Toshkentda "Quvayt SK" klubini qabul qilib 1:3 hisobida yutqazib qo'ygan va ketma-ket ikkinchi bor guruh bosqichiga chiqish imkoniyatidan foydalana olmagan edi.



2015 yilgi mavsumda "Bunyodkor" OCHL pley-off bosqichida ilk bor o'yin o'tkazgan. BAAning "Al Jazira" klubiga qarshi Toshkentda kechgan bahsda "qaldirg'ochlar" 2:1 hisobida g'alaba qozonib guruh bosqichi yo'llanmasiga ega chiqishgandi.

O'tgan yil ham aynan "Bunyodkor" ushbu bosqichda maydonga tushgan. Bu safar ham "qaldirg'ochlar"ga omad kulib boqdi. Aziz Haydarov boshchiligidagi "Al SHabab" Toshkentdan 0:2 hisobidagi mag'lubiyatni qabul qilib olgandi.  

Yuqoridagi o'yinlar tarixga aylanib bo'lgan. Qarshining "Nasaf" klubi pley-offda bir marta o'ynab yirik hisobda mag'lub bo'lgani ham tarixda qolgan. Bugun "ajdarlar" o'zlari uchun yangi tarix yaratishadi. Bu tarix Ro'ziqul Berdiev jamoasi uchun g'alabali boshlanishiga umid qilamiz.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика