So’nggi yangiliklar

07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  2 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  1 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  20 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  6 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  59 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  72

Osiyo chempioni Ravshan Haydarov 59 yoshga to'ldi Yangiliklar

Osiyo chempioni Ravshan Haydarov 59 yoshga to'ldi

Bugun tajribali mutaxassis, o'ziga yarasha tarix yarata olgan murabbiy Ravshan Haydarov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Ravshan Akmalovich bugun, 15 iyul kuni 59 yoshini qarshiladi. Ravshan akaning futbolchilik faoliyati Toshkentning "Start" klubida boshlangan. Rahmatli murabbiy Akmal aka Azizxo'jaev qo'l ostida millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rgangan.

"Murabbiy, ustoz masalasida omadim chopgan, - deydi bugungi yubilyarimiz. - Bugungi darajamga etishimda rahmatli ustozim Akmal akaning xissalari va xizmatlari juda katta bo'lgan. Bu insondan umrbod minnatdorman".

Ravshan Haydarov futbolchi sifatida "Start" (Toshkent), "SHahrixon", "Paxtakor" (Toshkent), "Dinamo" (Samarqand), "Xiva", "Xonqa" (ikkisi ham Xorazm), "Traktor" (Toshkent) klublari sharafini himoya qilgan. Sakkiz mavsum (1989-1996) davomida "Traktor" safida to'p tepgan. Aynan shu klubda uning murabbiylik faoliyati boshlangan. 1982 yilda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituni tamomlagan. 1999 yilda Germaniyaning "Leypcig" klubida murabbiylik malakasini oshirgan.



Bugungi qahramonimizning murabbiylikdagi sinovli yillari XX asr boshida boshlangan. U 2002 yilda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 2004 yilda Haydarov va Yurgen Gyode boshchiligidagi terma jamoamiz Osiyo Kubogida chorak finalga qadar etib borgan. Aynan 2004 yili u "Paxtakor" klubiga ham bosh murabbiy etib tayinlandi. "SHerlar" Ravshan Haydarov boshchiligida qatorasiga to'rt yil mamlakat chempionligi hamda O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan. 2007 yilning yanvar oyida "Paxtakor" bilan birga MDH va Boltiqbo'yi mamlakatlari chempionlari kubogida zafar quchgan. Oradan bir yil o'tib, "Paxtakor" yana finalda o'ynaydi va bu safar vice-chempionga aylangan. Haydarov 2012 yilda "Qizilqum"ni qabul qilib olgan. 2014 yilda O'zbekiston yoshlar (U-19) terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan.

SHubhasiz, murabbiy sifatidagi eng katta yutug'iga 2018 yili Xitoyda o'tgan U-23 Osiyo chempionatida erishgan. Vetnamga qarshi kechgan qorli final xuddi kechagidek yodimizda. Bugungi kunda Ravshan Haydarov Termizning "Surxon" klubi bosh murabbiyi hisoblanadi. Yaqindagina "Surxon" 26 yillik tanaffusdan so'ng safarda "Andijon"ni mag'lub etdi va futbolchilar shu orqali bosh murabbiyning tug'ilgan kuniga o'ziga xos sovg'a tayyorlashdi.



Jamoliddin Solihov, terma jamoa operatori

- Ravshan akani otamdek hurmat qilaman. Yaxshi murabbiy bo'lish bilan birga ajoyib inson ham bilaman. Menimcha, eng katta yutuqlaridan biri kollektivni to'g'ri tanlab, ularga ishonch bildiradilar. Murabbiylar shtabidagi har bir xodimning fikrini eshitib, xulosa chiqaradilar. Xitoyda Osiyo chempioni bo'lishimizga ham shu sifatlari xizmat qilgan. U xoh massajistmi, jamoa mamurimi, video operatormi, darvozabonlar murabbiyimi, umuman hamma bilan bir xilda suhbatlashadilar. Biron bir davlatga ketayotganimizda ham bo'sh o'tirmaydilar. Samolyotda ham o'yinlarni tahlil qilib ketadilar. Fursatdan foydalanib, Ravshan Akmalovichni bugungi tavallud ayyomlari bilan muborakbod etaman.

Biz ham saytimiz muxlislari va xodimlari nomidan Ravshan Haydarovni bugungi unutilmas sana bilan tabriklaymiz. Farzandlar, nevaralar rohatini uzoq yillar ko'rib yuring. Sizning izingizdan borayotgan o'g'lingiz Sarvar (Sarvar Haydarov "Paxtakor" akademiyasi murabbiyi, - muallif) ham ulkan muvaffaqiyatlarga erishsin.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика