Osiyo chempionati (U-22). Xitoy - Saudiya Arabistoni 1:2 yoxud Iroq keyingi bosqichda
14 jan 2014 23:00
Yangiliklar

Osiyo chempionati (U-22). Xitoy - Saudiya Arabistoni 1:2 yoxud Iroq keyingi bosqichda
Hozirgina Xitoy va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi o'yin yakunlandi.
Uchrashuvda Saudiya Arabistoni 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Bu natija Iroqning guruhdan chiqishi va 1-o'rinni olishini taminlab berdi. So'nggi turda iroqliklar har qanday holatda keyingi bosqichga chiqa olmaydigan Xitoyga qarshi o'yinda mag'lub bo'lishsa ham 1-o'rindan pastga tushishmaydi. Reglamentga ko'ra bir xil ochko to'plansa avvalo bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarga qaraladi. Iroq Saudiya ARabistonini ham O'zbekistonni ham mag'lub etib bo'ldi. So'nggi turda bu ikki jamoa o'zaro o'ynaydi, shu bois ulardan biri albatta ochko yo'qotadi.
Qisqasi, O'zbekiston guruhdan chiqishi uchun Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda mag'lub bo'lmasa kifoya (durang ham Maqsudov shogirdlarini keyingi bosqichga olib chiqadi). Raqibga esa faqat g'alaba zarur.
16 yanvar. 21:00
O'zbekiston - Saudiya Arabistoni
Iroq - Xitoy
SHuningdek, "C" guruhida ham 2-tur o'yinlari yakunlandi. Biroz oldin Avstraliya yoshlari Eronni mag'lub etib (1:0) muddattadan avval guruhdan chiqishgani haqida xabar berdik. Undan so'ng Yaponiya va Quvayt o'zaro nursiz durang o'ynashdi. Ushbu natija esa Avstraliyaga 1-o'rinni taqdim etdi. So'nggi turdagi natijalar qanday bo'lsa ham yashil qita vakillari peshqadamlikni boy berishmaydi.
Bu degani "D" guruhida ikkinchi o'rinni oladigan (yoki O'zbekiston, yoki Saudiya Arabistoni) jamoaga qarshi Avstraliya o'ynaydi. Ushbu uchrashuv 20 yanvar kuni Muskatdagi "Qirollik policiyasi" stadionida bo'lib o'tadi.
16 yanvar. 21:00
Avstraliya - Yaponiya
Eron - Quvayt

# | "D" guruhi | O' | YU | D | M | T-N | O |
1 | Iroq | 2 | 2 | 0 | 0 | 5-2 | 6 |
2 | O'zbekiston | 2 | 1 | 0 | 1 | 3-3 | 3 |
3 | Saudiya Arabistoni | 2 | 1 | 0 | 1 | 3-4 | 3 |
4 | Xitoy | 2 | 0 | 0 | 2 | 2-4 | 0 |
O'zbekiston - Saudiya Arabistoni
Iroq - Xitoy
SHuningdek, "C" guruhida ham 2-tur o'yinlari yakunlandi. Biroz oldin Avstraliya yoshlari Eronni mag'lub etib (1:0) muddattadan avval guruhdan chiqishgani haqida xabar berdik. Undan so'ng Yaponiya va Quvayt o'zaro nursiz durang o'ynashdi. Ushbu natija esa Avstraliyaga 1-o'rinni taqdim etdi. So'nggi turdagi natijalar qanday bo'lsa ham yashil qita vakillari peshqadamlikni boy berishmaydi.
Bu degani "D" guruhida ikkinchi o'rinni oladigan (yoki O'zbekiston, yoki Saudiya Arabistoni) jamoaga qarshi Avstraliya o'ynaydi. Ushbu uchrashuv 20 yanvar kuni Muskatdagi "Qirollik policiyasi" stadionida bo'lib o'tadi.
# | "S" guruhi | O' | YU | D | M | T-N | O |
1 | Avstraliya | 2 | 2 | 0 | 0 | 2-0 | 6 |
2 | Yaponiya | 2 | 0 | 2 | 0 | 3-3 | 2 |
3 | Eron | 2 | 0 | 1 | 1 | 3-4 | 1 |
4 | Quvayt | 2 | 0 | 1 | 1 | 0-1 | 1 |
16 yanvar. 21:00
Avstraliya - Yaponiya
Eron - Quvayt

Fikrlar