So’nggi yangiliklar

14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  0 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  5 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  2 12:54"Алавес" "Барселона" тарбияланувчиси трансферини эълон қилди  2 12:25"Шўртан" 7 нафар футболчиси билан шартномани бекор қилди  1 11:57"Эвертон" мухлисларини АҚШдаги эксклюзив очиқ машғулотга таклиф қилди  0 11:22Сегунда клуби 6 ойда 20 000 томошабинга мўлжалланган вақтинчалик стадион қурди  8 10:53Англия терма жамоаси аъзоси "Арсенал"га ўтмоқда  4 10:20Россиянинг олти карра чемпиони фаолиятини юртимизда давом эттириши мумкин  30 09:46"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолаши мумкин  5 09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  15 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  16 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0

Osiyo chempionati (U-22) oldidan. Sardor Rashidov: "Birinchi o'yindagi natija finaldek muhim" Yangiliklar

Osiyo chempionati (U-22) oldidan. Sardor Rashidov: "Birinchi o'yindagi natija finaldek muhim"

Ummonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati (U-22) oldidan terma jamoamiz azolari saytimiz uchun o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bizdan muxlislar chempionlikni kutmoqda va biz shunga erishishimiz kerak. Bizga bildirilgan ishonchni oqlash uchun so'nggi soniyagacha va oxirigacha kurashamiz. Barchamizda maqsad bitta va qo'lga kiritishimiz kerak bo'lgan barchasiga ega chiqmoqchimiz" - deya aytib o'tadi Sardor Rashidov.

- Terma jamoamizning raqiblari  va bizni imkoniyatni qanday baholar edingiz?
- Guruhimiz boshqa barcha guruhlarga qaraganda kuchliroq. Biz Xitoy va Iroq jamoalarini o'rganib chiqqanda shunga amin bo'ldik. Jamoalar haqida etarlicha malumotlar oldik. Bizning terma jamoa guruhdagi hech qaysi termadan kuchsiz emas. Butun chempionat bo'yicha oladigan bo'lsak Eron, Yaponiya jamoalari yaxshi shakllangan jamoalardan hisoblanadi. Imkoniyat hammada teng.

- Siz ushbu chempionatdan nimalarni kutmoqdasiz?
- O'zim uchun birinchi navbatda xalqaro maydondagi birinchi medallarga ega chiqishni. Buning uchun albatta terma jamoamiz g'alabalar qozonishi kerak. SHu bois hamjihatlik eng asosiy jihatlardan biri. Albatta birinchi o'yindagi natija biz uchun finaldek muhim. Ruhiyatni ko'tarish uchun ham faqat g'alaba kerak.

Humoyun Davurov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика