So’nggi yangiliklar

14:34"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин  0 14:06МЮ Онанани сотиб, италиялик дарвозабонни биринчи рақамга айлантирмоқчи  0 13:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади  7 13:10"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин  2 12:18"Лас-Пальмас" футболчиси автоҳалокат оқибатида ҳаётдан кўз юмди  0 11:50Эдерсон миш-мишларга чек қўйди  0 11:23Челестини Файзуллаевнинг ЦСКАдаги тақдирини ҳал қилади  3 10:56“Ливерпуль“ Англия терма жамоаси ҳимоячиси борасида музокараларни бошлади  5 10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг қанча муддат футбол ўйнамаслиги маълум  25 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  3 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0 08:52Янги келишувга кўра Роналдунинг “Ал Насср“даги маоши маълум  34 08:27Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди  21 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди  9

Osiyo chempionati saralashi. Hindiston U-19- O'zbekiston U-19 - 0:3 Yangiliklar

Osiyo chempionati saralashi. Hindiston U-19- O'zbekiston U-19 - 0:3

Osiyo chempionati saralashi doirasidagi Hindiston va O'zbekiston o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning asosiy vaziyatlari va natijasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. Vaziyatlar twitter.com/UzbekistanU20 dan olindi.


O'yinning 4-daqiqasida hindlar o'ng qanotdan xavfli hujum uyushtirishdi, Mehroj G'ulomov to'p markaziy hujumchiga o'tib ketishiga yo'l qo'ymay, hujumni bartaraf etdi. 8-daqiqada Asliddin Abdiev darvoza tomon kuchli, lekin noaniqroq zarba berdi. 13-daqiqada burchak zarbasidan so'ng Hindiston himoyachilari to'pni uzoqlashtirishdi, qaytgan to'pni Azimov darvozaga tepdi. Aniq, lekin kuchsiz zarba. 21-daqiqada Sardor Azimov chap qanotda raqibni chiroyli aldab o'tib, pas berdi. Maqsudjon esa bosh bilan zarba berdi. Xavfli, lekin gol emas. 28-daqiqada Abduraimov bilan yakkama-yakka chiqdi Udanta Singh. Uning oyog'i ostiga darvozabonimiz va himoyachi Otaxonov yiqildi. Udanta ham yiqildi. 34-daqiqada hindlar yaxshi hujum bilan chap qanotdan Danielni birga-birga chiqarishdi, uning zarbasini esa Abduraimov ushlab qolji. 39-daqiqada Abbos Otaxonov hujumga o'tib kuchli va xavfli zarba berdi. 

44-daqiqada Sardorbek Azimovning pasi oxiri gol uchun etarli bo'ldi. Asliddin Abdiev kuchli zarba bilan darvozaga to'g'rilab qo'ydi - 0:1. Birinchi bo'lim yakunlandi.

51-daqiqada o'ng qanotdagi Mahmudov - Abdiev kombinaciyasini, himoyachidan to'pni olib qo'yib, Bobur Davlatov gol bilan yakunladi - 0:2. 62-daqiqada burchakdan uzatilgan to'pni Asliddin Abdiev bosh bilan darvozaga to'g'riladi va o'z dublini rasmiylashtirdi - 0:3.


Hindiston U-19- O'zbekiston U-19 - 0:3 (0:1)

Gollar: Asliddin Abdiev, 44 - 0:1. Bobur Davlatov, 51 - 0:2.Asliddin Abdiev, 62 - 0:3.

Hindiston: 47. Vishal, 2. Gurba (Nongrum, 46), 4. Kumar, 6. Sajid, 10. Udanta Singh, 14. Suvik, 17. Germanprit, 23. Pritamkumar, 32. Xarpan (Rai Uttam, 77), 45. Lalremuya (Fayoz, 55).
O'zbekiston U19: SHerzodbek Abduraimov (Dilshod Hamroev, 85), Doston Tursunov, Mehroj G'ulomov, Abbosjon Otaxonov, Azizbek Mamazoitov, Najmiddin Normurodov, Sardorbek Azimov, Bobur Davlatov (Narimon Hasanov, 74), Maqsudjon Mahmudov (Javohir Sohibov, 62), Asliddin Abdiev, Eldor SHomurodov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика