Osimxen "Milan"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi
16 apr 2023 11:35
Yangiliklar


Osimxen "Milan"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi
"Napoli" bosh murabbiyi Luchano Spalletti "Milan"ga qarshi o'yinda Viktor Osimxen asosiy tarkibda maydonga tushishini tasdiqladi.
18 aprel kuni "Napoli" ECHL 1/4 finali doirasida "Milan"ni qabul qiladi. Ilk uchrashuvda neapolliklar 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Forvard esa jarohatdan tiklanib, "Verona"ga qarshi o'yinning 73-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.
"Ha, u "Milan"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi. Osimxen jismonan kuchli va yaxshi tezligi bor. U to'pni oyog'iga yopishtirib olgandek bo'ladi, bosh bilan yaxshi o'ynaydi va ritmni tez o'zgartira oladi - uning sifatlari juda ko'p. Hozir muxlislar uchun u qahramon va doimo sodiqlik namunasi bo'lib kelmoqda", - dedi "Napoli" ustozi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar