So’nggi yangiliklar

23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  0 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  7 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  12 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  2 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  13 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  2

Orzular ro'yobi. "Tottenxem" yoshlari Yangiliklar

Orzular ro'yobi. "Tottenxem" yoshlari

"SHporlar"da "ochilgan" besh nafar yosh futbolchilar.

Azaldan ro'y berib kelgan jarayon shuni ko'rsatadiki, "Tottenxem" hamisha yuqori marralarni ko'zlaydiyu, yarim yo'lda kuchi tugab qoladi. Londonliklarni yuqori maqsadlarni ko'zlaydigan jamoa deya olamiz, lekin ularda superyulduzlarni sotib olishga imkon yo'q.

"SHporlar" bu muammoni hal qilish uchun doimo aql bilan yondoshishga va iqtidorli yoshlarni sotib olishga intilishgan. So'nggi 16 yil davomida asosiy jamoa tarkibida to'p tepgan 20 yoshdan kichik o'smir futbolchilar soni kam emas va ulardan ko'pchiligi haqiqiy etakchi bo'lib etishishdi.

APLning bu yilgi bahslarida "Tottenxem" tarkibidagi eng yosh va iqtidorli yoshlar sifatida ishonch bilan Garri Keyn, Erik Dayer va Dele Allini ko'rsatish mumkin. Bu o'yinchilar endigina o'z iqtidorlarini namoyish etishni boshlashdi.

Bu ro'yxatda bizni 20 yoshga qadar asosiy o'yinchi sifatida qaralgan futbolchilar qiziqtiradi. Demak, bugungi ro'yxatdan Keyn ham, Rouz va Uoker ham o'rin olmagan.

1. Reto Cigler



"SHporlar"ning ko'plab muxlislari klubda unchalik ko'p o'ynamaganiga qaramay, o'zidan iz qoldira olgan Reto Ciglerni unutishmaydi.

Cigler klubda faqatgina 2004-2005 yilgi mavsumda harakat qilgan holos. O'sha yili to'qqizinchi o'rin egallangan. Muxlislarning afsuslanishiga qaramay, Cigler ko'zga yaqqol tashlangan. U "Arsenal"ga 4:5 hisobida imkoniyat boy berilayotganda Frederik Kanutega golli pas beradi. Uning goli evaziga jamoa "Everton"ni 5:2 hisobida taslim etadi.

Ro'yxatimizdagi boshqa futbolchilardan farqli o'laroq, Cigler salmoqli muvaffaqiyatlarga erishmadi. Lekin, u juda ham nochor ahvoldagi "Tottenxem"da eng yaxshilardan biri edi.

Klubni tark etgach Cigler butun Evropani aylanib chiqdi.

2. Tom Xaddlstoun



Tom Xaddlstounning "Tottenxem"dagi faoliyati ancha qiziqarli ko'rinish oldi. 2005 yil "Derbi Kaunti"dan sotib olingan o'smir yigit "Vulverxempton Uonderers"ga ijaraga berildi. U erda bosh murabbiy Glenn Xoddl edi.

U jamoaga yangi TOM bo'lib qaytdi. Avval boshidanoq Xaddlstounda pas berish madaniyati va aqlbovar qilmas zarbasi borligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Lekin, superyulduz bo'lish uchun unga ortiqcha vazn va formasini bir maromda ushlab tura olmaslik halaqit qildi.

2009-2010 yilgi mavsumda Xarri Rednappning say-harakatlari evaziga Tom o'zining eng yaxshi mavsumini o'tkazadi, "Tottenxem" esa ilk bor CHempionlar ligasiga chiqadi.

Yakunda u jarohatlar girdobining navbatdagi qurboniga aylanadi. Bu narsa unga sayyoramizdagi eng obro'li musobaqada o'zini ko'rsatish imkonini bermaydi. Tom so'nggi uch yilda bor yo'g'i 36 ta o'yin o'tkazadi. Klub ishqibozlari Xaddlstoun o'z vaqtida qanchalik ajoyib o'yin ko'rsatganini allaqachon unutib bo'lishgan.

3. Garet Beyl



Beyl "Sautgempton"dan Londonga ko'chib o'tganida undan ko'p narsa kutishgan. Hattoki, ser Aleks Fergyuson bir necha bor u bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rgan. Uelslik "shporlar" uchun ikkinchi o'yinidayoq gol uradi. Beyl har doim o'z kuchiga ishonadi. U ochiq turgan Berbatovga pas berish o'rniga hammasini o'zi bajardi va gol urdi. Garet jamoasi 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan "Arsenal"ga qarshi derbida ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'yadi.

Tez-tez jarohat olishi unga to'laligicha o'z imkoniyatlarini namoyish etishga halaqit qildi. Lekin, o'ynagan vaqtida bo'lajak yulduz ekanligiga hech kimda shubha qoldirmadi.

4. Aaron Lennon



Lennon "Lids" APLni tark etishidan avval klubni tark etgan ko'p sonli futbolchilardan biri edi.

Iqtidorli xavbek o'sha zahotiyoq "Tottenxem"ning asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Qayta-qayta ajoyib tezligi bilan hayratlanishga majbur qilar va o'z mahorati evaziga 90 daqiqa davomida raqib darvozabonlarini kuchli bosim ostida ushlab turardi.

U ko'p gol urmasdi, lekin 2006 yili uning harakatlari evaziga "shporlar" "CHelsi"ni taslim etadilar. Bu "Tottenxem"ning oxirgi 16 yil ichida "ko'klar" ustidan qozongan ilk g'alabasi edi.

Lennon 2005-2006 yilgi mavsumda Ueyn Runidan, 2006-2007 yilgi mavsumda esa Krishtianu Ronaldu va Sesk Fabregasdan yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nominaciyasida ortda qoladi. Iqtidorni o'stirish ijobiy tus olmadi va o'yinchi "Everton"ga sotib yuborildi.

5. Dele Alli



Ishonch bilan shuni aytish mumkinki, Dele Alli Ueyn Runi davridan buyon eng qobiliyatli futbolchi. Bungacha faqatgina Runi shunday yuksak iqtidorga ega bo'lgan.

Hozirdanoq aytish mumkinki, Alli ajoyib debyut mavsumni o'tkazmoqda. Ayni paytda u APLda barcha ingliz yarim himoyachilaridan ko'p gol urgan. Allining hisobida Premer liganing joriy yilgi mavsumida 10 ta gol va 9 ta golli uzatma bor.

Alli jamoasiga yordam bera olmagan birorta ham o'yin bo'lmadi, o'smir bo'lishiga qaramay uning professional xulq-atvori barchani hayratlantirmoqda.

Tolibjon Qosimov tayyorladi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика