O'rtoqlik uchrashuvida Iordaniyani mag'lub etdik
21 dek 2014 20:04
Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvida Iordaniyani mag'lub etdik
Dubaydagi ikkinchi yig'in doirasidagi ilk o'rtoqlik uchrashuvi Iordaniyaga qarshi o'tkazildi.
Uchrashuvda Iordaniya o'zi tashkil etgan deyarli birinchi xavfli vaziyatdan gol urdi. 16-daqiqada o'ng qanotdan oshirilgan to'pni markaziy himoyachimiz Egor Krimec qaytara olmadi, iordaniyalik Oday Al Sayfi 9 metrdan darvozani ishg'ol qildi - 0:1.
30-daqiqada Jamshid Iskanderovning to'p uzatishidan so'ng Farrux Sayfiev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. CHap qanot himoyachisi rolida o'ynagan Sayfiev to'pni o'ziga bo'ysundirayotganda Amir SHafi uni o'z jarima maydoni ichida yiqitishga majbur bo'ldi. Hakam tomonidan belgilangan penaltini Rashidov aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirdi. Sardor to'pni darvoza markaziga yo'lladi, posbon o'ng tomonga tashlandi - 1:1.
Uchrashuv tugashiga 3 daqiqa qolganida Sardor Rashidov o'ng qanotdan jarima maydoni yoniga borib Navro'z Alimovni to'p bilan taminladi. Zaxiradan maydonga tushganiga ko'p bo'lmagan yosh hujumchi ikkinchi harakat bilan to'pni darvozaga yo'lladi - 2:1.
Bahs aynan mana shu hisob bilan o'z yakuniga etdi va Mirjalol Qosimov shogirdlari Iordaniya ustidan irodali g'alabaga erishishdi.
O'zbekiston - Iordaniya 2:1
Gollar: Oday Al Sayfi 16, - 0:1. Sardor Rashidov 30 penalti, - 1:1. Navro'z Alimov 87, - 2:1.
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov (Bobur Yuldashev, 85), Egor Krimec, SHuhrat Muhammadiev, Farrux Sayfiev (Vitaliy Denisov, 66), Javlon Ibrohimov (Vohid SHodiev, 66), Temur Kapadze (S), Lutfulla To'raev, Jamshid Iskanderov (Sanjar Tursunov, 66), Sardor Rashidov, Bahodir Nasimov (Navro'z Alimov, 75).
Iordaniya: 1.Amir SHafi (S), 5.Muhammad Al Dmreyri, 3.Tariq Xattab (4.Ahmad Sraiva, 60), 11.Oday Zahran, 2.Ahmad Elias, 18.Solih Rateb (17.Raja Ayad, 61), 15.Muhammad Dovud, 14.Abdulloh Dib (16.Samir Raja, 65), 7.Muhtor Abu Amara, 8.Oday Al Sayfi, 10.Ahmad Hayol (9.Mahmud Zatara, 60).
Ogohlantirish: Javlon Ibrohimov 28.
Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay

Fikrlar