So’nggi yangiliklar

23:07Тадбиркор Ўткир Юсуповга уч хонали уй совға қилди  5 22:50Гасперини: "Бу мен учун катта чақирув"  0 22:19"Интер" МЮ ҳужумчисини таркибига қўшиб олишга яқин  0 21:59"Аталанта" Иван Юрични бош мураббий сифатида эълон қилди  1 21:42Расман: Постекоглу истеъфога чиқарилди  0 21:21Эшитдик-да! Остон Ўрунов ўрнига Бобир Абдихолиқов термага чақирилди  18 21:12Расман: "Рома" янги бош мураббийини эълон қилди  5 20:55Суперлига 4-тур қолдирилган ўйинида "Хоразм" Навоийда "Қизилқум"ни йирик ҳисобда таслим қилди  15 19:48"Манчестер Юнайтед" 60 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 19:23Ла Лиганинг якунланган мавсуми учун энг яхши футболчи аниқланди  8 19:03ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон МТЖнинг Тошкентда кутиб олиниши  18 18:58Ҳусниддин Алиқулов: "Мундиалга чиқишни жуда узоқ вақт кутган эдик"  1 17:52Жанни Инфантино Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевга мактуб йўллади  11 17:07МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Бугунги натижа - барча меҳнатларимизнинг меваси"  6 16:44Рустам Ашурматов: "Биз натижа учун ўйнадик ва мақсадимизга эришдик"  6

O'rtoqlik uchrashuvida Bahrayn bilan durang o'ynadik Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvida Bahrayn bilan durang o'ynadik

O'zbekiston va Bahrayn terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvining eng asosiy vaziyatlari berib borildi.
O'zbekiston - Bahrayn 0:0

O'zbekiston: Akbar To'raev,  Akmal SHorahmedov, Anzur Ismoilov (SHavkat Mullajonov, 72), Islom To'xtaxo'jaev, Farruh Sayfiev, Sanjar Tursunov, Aziz Haydarov, Odil Ahmedov (Navro'z Alimov, 76), Temur Kapadze (Fozil Musaev, 72), Server Jeparov (Sardor Rashidov, 62),  Igor Sergeev (Vohid SHodiev, 62).

Bahrayn: 1.Sayid Muhammad Jafar, 4.Sayid Dia Said, 7.Vahob Ali (19.Issa G'olib, 88), 11.Ismoil Latif Ismoil, 12.Favzi Muborak Aysh (8.Ahmadl Hatal, 76), 18.Muhammad Dijij Muhammad (Mug'ammad Tayeb, 76), 23.Rashid Al Xuti, 2.Muhammad Hussayn, 29.Faysal Hassan, 20.Sami Muhammad Al Husayni, 13.Mahmud Rahmon.
Ogohlantirishlar: Odil Ahmedov 23, Farruh Sayfiev 85 - Muhammad Dijij 33, Muhammad Hussayn 89


                         MATNLI TRANSLYACIYA
                                 YANGILASH


90+2. O'YIN TUGADI! O'zbekiston va Bahrayn o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 0:0 hisobida tugadi.

90+1.
Rashidov ketma-ket ikki marta burchak to'pini amalga oshirdi. Ikkala safar ham himoyachilar to'pni qaytarishdi

90.
Vakillarimizda qulay jarima to'pi...Rashidovning zarbasi jonli devordan o'tgani yo'q.

89. Ogohlantirish. Bahrayn.
Muhammad Hussayn

88. O'zgarish. Bahrayn.
Issa G'olib maydonga tushdi

86.
Raqiblar jarima to'pini amalga oshirishdi, o'ta noaniq

85. Ogohlantirish. O'zbekiston.
Farruh Sayfiev

83.
SHorahmedov to'pni o'ng qanotdan havolatib jarima maydoniga uzatdi, Rashidov to'pni boshi bilan darvozaga yo'llay olmadi

80. ZARBAA! Uzoq davom etgan hujumdan so'ng Fozil Musaev darvozaga zarba berdi, noaniq.


77. O'zgarish. O'zbekiston. Odil Ahmedov o'rniga Navro'z Alimov tushdi

74. O'zgarish. O'zbekiston. Anzur Ismoilov va Temur Kapdza o'rniga SHavkat Mullajonov va Fozil Musaev tushdi

73. Odilning zarbasidan so'ng to'p darvozabonning o'ziga bordi

72.Raqib himoyachilari Rashidovni yiqitishdi. CHamasi 20 metrlardan jarima to'pi

70. SHodiev-Rashidov-Tursunov kombinaciyasidan so'ng Sanjar to'pni noaniq tarzda yo'lladi

67. Bahraynning xavfli hujumi! O'ng qanotdan oshirilgan to'pni Abdulatif darvozaga yo'lladi, biroz noaniq

65. Kapadze to'pni oldinga Rashidovga oshirdi, Sardor jarima maydoni ichida raqibni yiqitdi.

63. Ismoil Abdulatif o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

60. O'zgarish. O'zbekiston. Sergeev va Jeparov maydonni tark etdi, SHodiev va Rashidov maydonga tushdi

56. To'pni egallab turish foiz hisobida 55:45, O'zbekiston ustun

53. Tursunovning to'p uzatishidan so'ng Sergeev boshi bilan darvozaga zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida.

52. Akbar To'raev! Jarima maydoni tashqarisidan yo'llangan zarbani To'raev qo'lidan chiqarib yubordi, keyingi harakat bilan to'pni qaytardi!

50. Jeparov va Tursunov oldindan o'ylangan taktikani amalga oshirishga urinishdi. Odilning zarbasi ancha noaniq ketdi

48. Jeparov jarima to'pini amalga oshirdi. Sergeevning bosh bilan zarbasi darvozabonga nasib etdi

47. Raqib himoyachisining xatosidan so'ng Tursunov to'pni Sergeevga tashladi, ammo to'p ungacha etib bormadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Tanaffusda har ikkala jamoa futbolchilari futbolkalarni almashtirib chiqishdi. Bunga Dubaydagi juda issiq ob havo sabab bo'ldi


45+1. Birinchi bo'lim tugadi

45. Dastlabki bo'lim so'nggida raqiblarimiz hujumga ko'proq o'tishdi.

43. Bahraynning o'yindagi uchinchi burchak to'pi anchagina noaniq chiqdi

42. Yana bir zarba! Favzi Muborakning zarbasi himoyachilarga tegib tark etdi

41. Bahraynda xavfli vaziyat! Burchak to'pidan so'ng Muhammad Dijij boshi bilan darvozaga zarba berdi, to'p biroz noaniq ketdi

38. XAVFLI VAZIYAT! Haydarov jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbani darvozabon qiyinchilik bilan ushlab oldi, qo'lidan chiqib ketgan to'pni Sergeev darvozaga yo'llashga urindi, posbon tezroq harakat qildi.

36. O'ng qanotimiz ancha faol. Tursunov ikki marta to'pni sherigiga oshirdi

33. Muhammad Dijij juda qo'pol o'ynadi, hakam unga sariq kartochka ko'rsatdi. Jeparov raqibga o'z etirozini bildirdi

32. Bugun chap qanot himoyasida o'ynayotgan Sayfiev to'pni jarima maydoniga uzatdi. To'pni himoyachilar qaytarishdi.

30. Vakillarimiz to'pni o'zlarida saqlab turishibdi. Ketma-ket to'p uzatishlar

26.
Raqib qarshi hujumda o'ynamoqda. O'zbekiston birinchi raqamli jamoa sifatida harakat qilmoqda. SHunday qarshi hujumlardan birida Sami Muhammad zarba berdi, hakam to'p Akbar To'raevga tegib maydonni tark etdi deb hisobladi va burchakni ko'rsatdi.

25. Tursunov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Sergeev to'pga intildi, biroq himoyachi uni qo'llari bilan ushlab turgani uchun bu amalga oshmadi

24. Raqib futbolchilari sal qolsa o'z darvozalarini ishg'ol qilib qo'yishlari mumkin edi.. Burchak to'pidan so'ng SHorahmedov to'pni yo'qotdi.

23. Favzi Muborak Aysh jamoasining barcha jarima zarbalarini amalga oshirmoqda. Bu safar Anzur Ismoilov ikkinchi qavatda yaxshi o'ynadi.

21. Odil yana ikki raqibni aldab Jeparovga oshirdi, u to'pni yana Odilga qaytardi. 30 metrlardan yo'llangan zarbani darvozabon ikkinchi urinishda ushlab qoldi. 

18-daqiqada juda xavfli vaziyat sodir etildi! Vahob Ali to'p qabul qilishda xato qildi, Ahmedov to'pni egallab olib Tursunovga oshirdi, Sanjar esa Jeparovga... sardorimizning zarbasi darvozaning yonginasidan o'tib ketdi!!! Juda xavfli edi...

16-daqiqada Haydarov to'pni Ahmedovga oshirdi, Odil uch nafar raqibni aldab o'tib Jeparovni to'p bilan taminladi. Serverning to'p uzatishiga esa Sergeevga ataldi. Ammo hujumchimiz to'pni kutmagandi

14-daqiqada Bahrayn shundoqqina jarima maydoni chizig'i yonida jarima to'piga ega bo'ldi. Vahob Alining kuchli zarbasidan so'ng to'p To'xtaxo'jaevga tegib qaytdi. Islom jarohat olganga o'xshaydi. Raqib futbolchilari penalti so'rashdi, biroq hakam bu vaziyatda biznikilar erkin zarba berishlarini ko'rsatdi.

10-daqiqada ilk burchak to'pini Jeparov amalga oshirdi. Himoyachilardan qaytgan to'p Kapadzega keldi, u to'pni Haydarovga tashladi Azizning zarbasi noaniq ketdi.

6-daqiqada Sanjar Tursunov o'ng qanotdan hujum boshladi. Raqib himoyachisi to'pni baratarf etib qarshi hujum tashkil etdi. Bu safar Anzur Ismoilov o'zini ko'rsatdi.

Dastlabki daqiqalarda tashabbus O'zbekiston tomonida. 4-daqiqada jamoamiz sardori Server Jeparov aldamchi harakatlar bilan hujumni boshladi. Kapadze oldinga intildi, biroq raqib himoyachilari bu vaziyatda xavfni bartaraf etishdi.
Uchrashuv soat 19:50 da boshlandi.





Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика