So’nggi yangiliklar

23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  6 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  20 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7

O'rtoqlik uchrashuvi. "Qo'qon-1912" - "Navbahor" 0:3 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. "Qo'qon-1912" - "Navbahor" 0:3

Teglar :  NavbahorQo'qon-1912
Bugun "Navbahor" mavsumlar oralig'idagi navbatdagi uchrashuvni “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi o'tkazdi.

“Oq-tepa” o'yingohida o'tkazilgan o'yinda "Navbahor" 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvning birinchi bo'limidagi voqealar rivoji asosan maydon markazida kechdi. Tanaffusga yaqin Mansur Saidov raqib himoyachisining xatosidan so'ng qo'qonliklar darvozasini nishonga olib hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limda Ro'zimboy Ahmedov zaxiradan maydonga tushib, “dubl” muallifiga aylandi. Dastlabki golda Ahmedovga Mansur Saidov hammualliflik qildi. Hujumchi ikkinchi golini qarshi hujumdan so'ng nishonladi.

Ikkinchi bo'lim o'rtalarida futbolchilar maydonda o'zaro hisob-kitob ishlariga kirishishdi. Oqibatda uchrashuvni boshqarib borgan Ahror Risqullaev har ikki jamoadan ikki nafardan futbolchini maydondan chetlatdi.

"Navbahor"dan Ro'zimboy Ahmedov va Nemanya Yovanovich tomoshabinlar safidan joy olishdi. O'rtoqlik o'yini bo'lganligi sababli chetlatilgan futbolchilar o'rniga Timur Tolipov va Ravshan Xursanov maydonga tushishdi. Etiborli jihati o'yin oxirlarida Jahongir Mehmonov va Suhrob Berdiev ham qizil kartochka bilan jazolanishdi.

"Navbahor"ning navbatdagi nazorat o'yini 22 fevral kuni Samarqandning "Dinamo" klubiga qarshi o'tkaziladi.


"Navbahor" - "Qo'qon-1912" 3:0

Gollar: Mansur Saidov, Ro'zimboy Ahmedov 2ta

"Navbahor" tarkibi: Asilbek Amanov, Tohir SHamshitdinov, G'iyos  Komilov, Abbos Otaxonov,  Alisher Samatov, Azam Aliev, Dilshod Jabborov, Mirzohid G'ofurov, Oybek Qilichev, Mansur Saidov, Nemanya Yovanovich.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Ro'zimboy Ahmedov, Azizbek Turg'unboev, Jahongir Mehmonov, Timur Tolipov, Ravshan Xursanov, Hasanboy Ergashev, Abduaziz Sultonov, Ilhom Boydedaev, Alisher Mirzaev.

"Qo'qon-1912" tarkibi: Muzaffar Abdullaev, Ruslan Melziddinov, Bahodir Akramov, Nosir Otaqo'ziev, Akmal Xolmurodov, Darko Gojkovich, Bahodir Pardaev, Murod Xolmuhammedov, Aleksandr  Merzlyakov, Suhrob Berdiev, Jalil Kimsanov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Oybek Rustamov, Aziz Ashurov, Filip Rayevac, SHohruh Xolmatov.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика