So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. ПСЖ "Сиэтл Саундерс"ни таслим қилди ва гуруҳда биринчи ўринни эгаллади, "Атлетико" ғалаба қозонган бўлсада уйга қайтади  3 01:54“Навбаҳор” ПФК раҳбариятида ўзгариш юз берди  1 01:20"Арсенал" словакиялик футболчи учун 70 млн. евро тўлашга тайёр, аммо "Лейпциг" 80 млн. евро сўраяпти  1 00:33Вадим Абрамов: "Барча мухлислардан узр сўрайман"  3 23:43"Ал Ҳилол" Тео Эрнандесни сотиб олишга жуда яқин  0 22:52"Реал" Родригони 90 миллион еврога баҳолади. Агар "Арсенал"га қизиқ бўлган вингер сотилса, Алонсога керакли ярим ҳимоячи сотиб олинади   3 22:35Осимхен дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчиларидан бирига айланиши мумкин  3 21:55Суперлига. Абдухолиқовга аталган оқшомда "Динамо" жорий мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  73 21:35Про лига. "Олимпик-MobiUz" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим қилди  2 21:15Фирмино учун янги чақириқ: Туркия клуби расмий таклиф билан чиқди  1 20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  1 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  37 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  1

O'rtoqlik uchrashuvi: "Oq-tepa" - "Olmaliq" 1:6 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi: "Oq-tepa" - "Olmaliq" 1:6

Teglar :  OlmaliqOq-tepa
"Olmaliq" bugun navbatdagi nazorat o'yinini o'tkazdi.

Birinchi liga vakili "Oqtepa"ga qarshi o'yinda jamoamiz yirik g'alabani qo'lga kiritdi. Birinchi taymda mezbonlar jamoamizga jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Dastlabki gol o'yinning 41-daqiqasida amalga oshirildi. Zohir Pirimovning aniq to'p oshirishini Nikita Pavlenko golga aylantirdi. Ikkinchi taymdagi o'zgarishlar jamoamiz o'yinini yanada kuchaytirdi. Islombek Isoqjonov hisobni ikkitaga oshirgan bo'lsa, Doniyor Ismoilov kuchli zarba bilan natijani yiriklashtirdi. SHundan so'ng, Arslonmurod Amanov to'rtinchi golni kiritdi. Bunga javoban raqib penaltidan hisobni qisqartirdi. Gol muallifi sobiq "Olmaliq" futbolchisi Sobir Usmonxo'jaev bo'ldi. Turkmanistonlik legioner beshinchi golga mualliflik qildi va bu bahsda dublga erishdi. O'yinda so'nggi gol Mirjamol Qosimov tomonidan penaltidan amalga oshirildi.

Uchrashuvda ishtirok etgan va jamoa ko'rigida bo'lgan Doston Toshmatov, Dian Talxatov va Timur SHaripovlarga javob berildi.

Bu bahsda jamoalar quyidagi tarkiblarda maydonga tushishdi.

"Oqtepa" - "Olmaliq" 1:6
Hakamlar: Hasan Ro'ziev, Olim Abduvosilov, Sanjar SHoyusupov.
Gollar: Sobir Usmonxo'jaev pen. - Nikita Pavlenko, Islombek Isoqjonov, Doniyor Ismoilov, Arslonmurod Amanov 2ta, Mirjamol Qosimov pen.
"Oqtepa": Bahodir Mirsoatov, Maxsud Hayitov, Rasul Rahmonberdiev, Farhod Mirahmatov, Zohid Raupov, Arayk Boboev, Sobir Usmonxo'jaev, Ildar Magdeev, Aziz Murotov, Anvar Rahimov, Abdulatif Abduqodirov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Viktor Klishin, Nikita Efremenko.

"Olmaliq": Umid Xonimqulov, Azamat Isroilov, Azizbek Suyunov, Saidkomil Akbarov, Dian Talxatov, Nenad Kiso, Nikita Pavlenko, Doston Toshmatov, Diyor Turopov, Zohir Pirimov, Ro'zimboy Ahmedov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Roman Abdulov, Abduqahhor Hojiakbarov, Mirjamol Qosimov, Murod Rajabov, Islombek Isoqjonov, Doniyor Ismoilov, Timur SHaripov, Muhammad Isaev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика