So’nggi yangiliklar

17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  0 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  1 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  4 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  5 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2

O'rtoqlik uchrashuvi. “Mashal” – “Nasaf” 2:0 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. “Mashal” – “Nasaf” 2:0

Teglar :  MashalNasaf
Milliy terma jamoamizning yig'ini va o'yinlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida, jamoamiz Muborakda “Mashal” bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi.

Bugun bir qancha o'yinchilarimiz, terma jamoa tarkibiga chaqirilganlari bois, jamoamizga yordam berishmadi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida raqibiga nisbatan faolroq harakat qilgan jamoamiz, mezbonlar darvozasi  yaqinida bir necha xavfli vaziyatlar yaratishdi, ammo o'yinchilarimizda darvozani ishg'ol etishda aniqlik etishmadi.

Birinchi bo'limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo'lim boshida o'z tarkibida to'rtta o'zgarish qilgan “Mashal” jamoasi ancha faol harakat qildi. Jamoamiz esa ko'proq himoyalanishga majbur bo'ldi.

Uchrashuvning 55-daqiqasida mezbonlar jarima maydonchamiz yaqinida standart vaziyat ishlab olishdi. Jarimani Zafar To'raev amalga oshirdi. Uning tepgan to'pi o'yinchilarimizning biriga tegib darvozamizdan joy egalladi – 1:0.

Bu goldan keyin ham maydon egalari ketma-ket hujumlar uyushtirib, darvozamizga xavf solib turishdi. Uchrashuvning 76-daqiqasida hisob 2:0ga o'zgardi. Bunda himoyachimiz SH.Azamov xatoga yo'l qo'ygan edi. U oddiy vaziyatda sherigiga to'pni  oshirishda xato qildi. Natijada Maradona Safarov to'pni egallab olib, darvozamizga 2-golni kiritdi. Unga qarshilik qiladigan o'yinchi yo'q edi.

Bu hisobdan keyin o'yinchilarimiz hujumlarga zo'r berishdi. Vaziyatlar ham yaratildi. Yana o'sha holat, hujumlarni golga aylantirishda aniqlik etishmaslik.

SHunday qilib, bugungi o'rtoqlik uchrashuvida “Mashal” g'alaba qozondi. Bu uchrashuv har ikkala jamoaga navbatdagi tur uchun tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi.

Eslatib o'tamiz, “Nasaf” 13-tur uchrashuvini safarda “SHo'rtan” jamoasiga qarshi o'tkazadi.



O'rtoqlik  uchrashuvi   
“Mashal” (Muborak) – “Nasaf” (Qarshi)  2:0 (0:0)
08.06.2017. “B.Vafoev” markaziy stadioni. 19:00da
Bosh hakam
: Naim Qosimov (Qarshi)
Qanot hakamlari: Artyom Kalinin (Qarshi), Farxod Usmonov (Qarshi).
Nazoratchi: Asror Xadjaev (Qarshi).
Gol: Zafar To'raev, 55’-1:0, Maradona Safarov, 76’-2:0

”Mashal”: 35.Javohir Ilyosov (30.Botir Nosirov 46), 2.Iskandar SHoyqulov, 3.Sardor Rahmonov, 8.Mirzakamol Kamolov, 10.Humoyun Murtazoev (90. Zafar To'raev 46), 13.SHaxzod SHaymanov, 44.Asiljon Begimqulov, 55.Avaz Agaliev, 22.Bobir Qosimov,( 6.Sardor Abduraimov 46) 77. Abduloh Olimov, 16. Maradona Safarov (19.Zohir Qo'ziboev 46).
Zaxira: 53.Rahimjon Davronov, 17.Vladislav Pavlenko, 28.Abbos Amonov,  23.Kenja To'raev.

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov (1.Umidjon Ergashev 58), 4.Maqsud Karimov (22.Igor Golban 58), 8.Sirojiddin Qo'ziev (16.G'olib G'aybullaev 65),  9.Dilshod Xushbakov, 10.Dilshod Rahmatullaev, 20.Islom Kenjaboev,  23.SHerzod Azamov (s), 27.Islom Rashidxonov (18.Bahrom Abdurahimov 46),  31.Saydullo Rahmatov,  38.Doniyor Narzullaev, 45.Bobir Abduxoliqov (69.Dragan CHeran 65).

Ogohlantirish: Iskandar SHoyqulov 45, Abbos SHodmonov 75 - Igor Golban 64, Doniyor Narzullaev 78.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика