O'rtoqlik uchrashuvi. "Lokomotiv" - "Mashal" 1:4
27 dek 2014 13:48
Yangiliklar


O'rtoqlik uchrashuvi. "Lokomotiv" - "Mashal" 1:4
Bugun "Lokomotiv" va "Mashal" klublari Toshkentda o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi.
8-daqiqada SHohruh Dostonov hisobni ochdi. Himoyachilardan osonlik bilan qochib ketgan yosh futbolchi "Loko" darvozasini ishg'ol qildi - 0:1.
10-daqiqada "Mashal" hujumchisi Zohir Qo'ziboev himoyachilardan o'tib to'pni Dostonovga tashlab berdi. Dostonov dublini rasmiylashtirdi - 0:2.
Birinchi bo'limda boshqa gol urilmadi.
Ikkinchi bo'lim boshida Humoyun Murtazoev hisobni yiriklashtirdi - 0:3. Oradan ko'p o'tmay Sanjar SHoahmedov "Lokomotiv" safidagi ilk golini urdi - 1:3.
O'yin tugashiga 3 daqiqa qolganida Asliddin Abdiev yakuniy hisobni o'rnatdi - 1:4.
SHu tariqa, "Mashal" nazorat bahsida "Lokomotiv"ni yirik 4:1 hisobida mag'lub etdi.
"Lokomotiv" - "Mashal" 1:4
Gollar: 0-1 SHohruh Dostonov (10), 0-2 SHohruh Dostonov (12), 0-3 Humoyun Murtozaev (50), 1-3 Sanjar SHoahmedov (65), 1-4 Asliddin Abdiev (87)
"Lokomotiv": Alisher Ahmedov, Artyom Filiposyan, Javlon Guseynov, Salim Mustafoev, Ibrohim Rahimov, Sahob Jo'raev, Muzaffar Umrzoqov, Nurbek Nuriddinov, Sanjar SHoahmedov, Marat Bikmaev, Serebryakov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Muxtorov, Ikrom Aliboev, Alisher SHog'ulomov, Abdusattorov, Doniyor Usmonov, Pavel Solomin, Jasur Hasanov.
"Mashal": Botir Nosirov, Siroj Hamroev, Iqbol Boboxonov, SHerzod Fayziev, Abbos SHodmonov, Sardor Abduraimov, Sirojiddin Rahmatullaev, Jamshid Xasanov, Zafar To'raev, Zohir Qo'ziboev, SHohruh Dostonov
"Mashal" (2-bo'lim): Sanjar Quvvatov, G'iyos Komilov, Bobur To'raev, SHohjahon Qlichev, Iqbol Boboxonov, Qahramon Bahodirov, Sirojiddin Allaev, Ixtiyor Toshpo'latov, Xolmurod Xolmurodov, Asliddin Abdiev, Durbek Kamolov,
Zaxiradan maydonga tushganlar: Javohir Ilyosov, Husan Olimjonov, Maqsud Mahmudov, Tursunmurod Hamdamov, Humoyun Murtozaev, SHahzod SHaymanov

Fikrlar