O'rtoqlik uchrashuvi. Janubiy Koreya OTJ - BAA OTJ 2:0
04 jan 2016 22:02
Yangiliklar


O'rtoqlik uchrashuvi. Janubiy Koreya OTJ - BAA OTJ 2:0
Bugun O'zbekiston olimpiya terma jamoasining U23 Osiyo chempionati guruh bosqichidagi raqibi Janubiy Koreya olimpiyachilari o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi.
Dubaydagi "Maktum" stadionida bo'lib o'tgan bahsda Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi BAA ustidan 2:0 hisobida ustun keldi. Li Yong Jae va Kvang Xi CHan o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'yishdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 12 – 30 yanvar kunlari Qatarda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Turnirning guruh bosqichida O'zbekistonga Iroqdan tashqari Janubiy Koreya va Yaman olimpiya terma jamoalari raqib bo'ladi.
Janubiy va O'zbekiston o'rtasidagi o'yin 13 yanvar kuni bo'lib o'tadi.O’xshash yangiliklar

Fikrlar