O'rtoqlik uchrashuvi. "Dinamo" Qatar olimpiya jamoasini mag'lub etdi
24 jan 2024 11:20
Yangiliklar
O'rtoqlik uchrashuvi. "Dinamo" Qatar olimpiya jamoasini mag'lub etdi
"Dinamo" jamoasi navbatdagi o'rtoqlik o'yinini Osiyo kubogi U-23 bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan Qatar olimpiya jamoasiga qarshi o'tkazdi.
Dubayda o'tgan uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari xorij yig'inidagi dastlabki g'alabasiga erishdi. Qatarliklar bilan o'yinda Sanjar SHoahmedov 63-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, Anvarjon Hojimirzaev ikkinchi golga mualliflik qildi – 2:0.
"Dinamo" navbatdagi o'yinni 26 yanvar kuni Saudiya Arabistonining OCHLdagi ishtirokchisi «Al-Fayha»ga qarshi o'tkazadi.
O'rtoqlik o'yini. 23 yanvar. Dubay
Qatar olimpiya jamoasi – "Dinamo" - 0:2
Gollar: Sanjar SHoahmedov 63, Anvar Hojimirzaev, 83 penaltidan.
"Dinamo": Farhod Rahmatov, Komil SHarofutdinov, Xurshid Ubaydullaev, Bobur Yorbekov, Dushan Miyich, Akbar Ismatullaev, Husniddin G'ofurov, Xislat Xalilov, Sanjar SHoahmedov, Elnur Saitmurodov, Bahodir Nasimov (Anvar Hojimirzaev).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar