So’nggi yangiliklar

10:24Мусиала операция қилинди  0 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  6 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  3 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  4 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  5

O'rtoqlik uchrashuvi. Dinamo - Navbahor 1:2 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. Dinamo - Navbahor 1:2

Toshkentdagi yig'in doirasida Dinamo jamoasi so'nggi nazorat uchrashuvini Namanganning Navbahor klubiga qarshi o'tkazdi.
Ushbu bahsda har ikki tomon murabbiylar shtabi ham imkonqadar optimal tarkibni tushirishga harakat qildi. Biroq, jamoamizda bir qator futbolchilar kichik jarohatlar tufayli yordam bera olishmaganligi bois, shu kuni Dinamo aralash tarkibda maydonga tushdi. Xususan, yaqinda jarohatini qayta qo'zg'atgan yosh hujumchi Farrux SHotursunov, Sirojiddin Sayfiev, Ildar Mamatkazin, G'ulom Urunovlar yordam bera olishmadi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida namanganlik Otabek Valijonov hisobni ochgan bo'lsa, bo'lim so'nggida tajribali hujumchi Zayniddin Tojiev muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo'limda esa murabbiylarimiz etti nafar yosh futbolchilarni ham sinovdan o'tkazishdi. Namanganliklar esa bir qator tajribali futbolchilarni maydonga tushirib, 68-daqiqada ukrainalik legioner hujumchi Ruslan Kachurning goli evaziga nazorat bahsida g'alaba qozondilar.

Yodingizda bo'lsa, ushbu jamoalar bir oy oldin Oliy liga 13-tur doirasida uchrashishgan va unda dinamochilar Navbahor ustidan 2:0 hisobida g'alabaga erishishgandi.

Qayd etish joiz, Navbahorga qarshi uchrashuv bilan Dinamo jamoasining Toshkentdagi bir haftalik yig'ini yakunlandi. Bu orada jamoa Mashal (1:2), Paxtakor (0:1) va Navbahor (1:2) bilan o'yinlarda maydonga tushdi. So'nggi tayyorgarlik bosqichi Samarqandda o'tkaziladi.

Nazorat uchrashuvi. 25 iyul (juma)

DINAMO - NAVBAHOR - 1:2 (1:1)

Gollar:
Zayniddin Tojiev 35 (pen) – Otabek Valijonov 17, Ruslan Kachur 68.

Dinamo: Andrey Melnichuk, Asror Aliqulov, Avaz Agaliev, Firdavs Abdusalimov, Bunyod Isroilov, Akmal Xolmurodov, Turg'un Qobilov, Azamat Bobojonov, Nurbek Safarov, Sanat SHixov, Zayniddin Tojiev.

Zaxiradan maydonga tushishdi: Rustam Toshturdiev, Iskandar Xolmirzaev, Akmal Bozorov, Komil SHarofutdinov, Abdullo Nabiev, Mirkomil Lokaev, Saddam Boymamatov.

Navbahor: Doniyor Usmonov, Toxir SHamshitdinov, Bobur Akbarov, Yuriy Rijko, Raxmatullo Berdimurodov, Robbim Hasanov, Alisher Mahmudov, Alisher Samatov, Otabek Valijonov, Mansur Saidov, Aleksandr Kablash.

Zaxiradan maydonga tushishdi: Ilhom Boydedaev, Dilshod Jabborov, Azam Aliev, Elyor Jahonov, Ruslan Kachur, Omon-Biik Xalilov.

Eslatib o'tamiz, Dinamo 3 avgust kuni 14-tur doirasida o'z maydonida Nasaf jamoasini qabul qiladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика