BAA Tojikiston bilan o'yinda kambek qildi, mehmonlar safida gollardan birini “Bunyodkor” futbolchisi urdi
12 noy 2020 22:25
Yangiliklar


BAA Tojikiston bilan o'yinda kambek qildi, mehmonlar safida gollardan birini “Bunyodkor” futbolchisi urdi
Xalqaro o'rtoqlik o'yinlari doirasida BAA termasi Dubayda Tojikiston vakillarini qabul qilib, irodali tarzda (3:2) zafar quchdi.
O'yinda hisob Usmon Toshev shogirdlari tomonidan ochildi. "Navbahor" yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbening burchakdan uzatgan to'pini "Bunyodkor" himoyachisi Davronjon Ergashev darvozaga aniq yo'lladi. Keyin esa hujumchi Kamron Tursunov oradagi farqni oshirdi – 2:0.
Mazkur goldan biroz o'tib Ali Ahmad Mabxut raqib darvozasini ishg'ol etib, hisobni qisqartirdi va uning o'zi 2-taym o'rtalarida penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi.
Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Ali Solih esa 90+3 daqiqada to'p kiritib, uchrashuvga yakuniy nuqtani qo'ydi – 3:2!
BAA - Tojikiston 3:2
Gollar: Ergashev Davronjon (10, 0:1), Tursunov Komron (20, 0:2), Mabxut Ali (29, 1:2), Mabxut Ali (63-pen, 2:2), Solih Ali (90, 3:2).
BAA: 1. Xaseif Ali, 6. Jaber Yusef, 9. Maxdi Bandar, 12. Al-Xammadi Xalifa, 21. Al-Xammadi Moxamed, 23. Xuseyn Abdulaziz, 11. Ramadan Abdalla, 15. Lima Fabio, 5. Salmin Armarashda, 7. Mabxut Ali, 8. Kanedo Korrea.
Tojikiston: 16. Qirg'izboev SHoxrux, 2. Jo'raboev Zoir, 3. Davlatmir Tabrezi, 4. Ergashev Davronjon, 5. Jalilov Iskandar, 19. Nazarov Axtam, 7. Umarbaev Parvizdjon, 8. Jo'raboev Amirbek, 17. Panjshanbe Exsoni, 11. Tursunov Komron, 21. Jalilov Manuchexr.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar