O'rtoqlik uchrashuvi. AGMK - "Rubin" 4:0
11 okt 2020 10:58
Yangiliklar
O'rtoqlik uchrashuvi. AGMK - "Rubin" 4:0
Superliganing navbatdagi tur o'yinlari taraddud ko'rayotgan AGMK 10 oktyabr kuni Birinchi liga vakili "Rubin"ga nazorat bahsida maydonga tushdi.
Uchrashuvda AGMK hisobida g'alaba qozondi.
Birinchi bo'limda dastlab Grigalashvili hisobni ochgan bo'lsa, keyinchalik Zonich oradagi farqni ikkitaga etkazdi. Tanaffusdan keyin Nurmatov o'z nomiga gol yozib qo'ygan bo'lsa, Tursunov penaltidan yakuniy hisobni o'rnatdi - 4:0. "Rubin" jamoasi esa belgilangan penaltidan unumli foydalana olmadi.
Nazorat o'yini.
10 oktyabr, shanba.
AGMK - "Rubin" 4:0
Do'rmon, mashg'ulot maydoni.
Gollar: Grigalashvili, Zonich, Nurmatov, Tursunov (penalti)
Bosh hakam: Asker Najafaliev.
AGMK — Rahimov, SHorahmedov, Zonich, Rahmonov, Rahmatov - Jokich, Umarov, Jo'raev - G'ofurov, Vatsadze, Grigalashvili.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sultonov, Yo'ldoshev, Toshmatov, Nurmatov, Tursunov, Abdurahimov, Polvonov.
AGMK matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar