O'rtoqlik o'yini. SHomurodov ishtirok etgan bahsda "Roma" Portugaliya klubini taslim etdi
20 dek 2022 02:08
Yangiliklar


O'rtoqlik o'yini. SHomurodov ishtirok etgan bahsda "Roma" Portugaliya klubini taslim etdi
19 dekabr kuni "Roma" hamda "Kasa Pia" o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi.
Rimliklar Portugaliya chempionatida 5-o'rinda ketayotgan jamoani 1:0 hisobida taslim etishdi. Uchrashuvdagi yagona gol Stefan El SHaaravi hisobiga yozildi, assist esa Matichga.
"Roma" safida to'p tepadigan hamyurtimiz Eldor SHomurodov ushbu bahsning 78-daqiqasida Zaniolo o'rniga zaxiradan maydonga tushdi.
"Roma" - "Kasa Pia" 1:0
Gol: El SHaaravi 34.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar