O'rtoqlik o'yini. "Roma" "Belenensesh"ni mag'lub etdi, SHomurodov esa...
04 avg 2021 17:17
Yangiliklar
O'rtoqlik o'yini. "Roma" "Belenensesh"ni mag'lub etdi, SHomurodov esa...
Uchrashuv Parshal (Portugaliya)dagi "Bela Vishta" stadionida bo'lib o'tdi va 3:1 hisobida "bo'rilar" foydasiga hal bo'ldi.
Italiya jamoasi 15-daqiqada gol o'tkazib yubordi, ammo 5 daqiqa o'tib hujumchi Edin Jekoning goli tufayli muvozanat tiklandi. Yarim himoyachi Nikolo Zanolo 56-daqiqada mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvga "nuqta"ni esa xavbek Genrix Mxitaryanning pasidan so'ng "Roma" forvardi Borxa Mayoral qo'ydi.
"Roma" 2021/22 yilgi mavsum startiga qadar yana bitta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Joze Mourinyu shogirdlari 7 avgust kuni "Betis" bilan kuch sinashishadi. O'yin Sevilya (Ispaniya)dagi "Benito Vilyamarin" stadionida bo'lib o'tadi.
"Bo'rilar"ning o'zbekistonlik yangi hujumchisi Eldor SHomurodov jamoaga yaqinda qo'shilgani uchun bu o'yinda harakat qilmadi.
Fikrlar