So’nggi yangiliklar

13:59Футзал. Қўшниларимиз ҳам Тошкентга етиб келишди  0 13:33Футзал. Амалдаги Жаҳон чемпионлари Тошкентга етиб келишди  2 13:07ЖЧ-2026 саралаши. Ироқ 83 дақиқа битта кам ўйнаб дуранг қайд этди  1 12:38Суперлига. "Нефтчи" — "Қизилқум" учрашуви Яйпанда ўтказилади  0 12:11Суперлига. "Пахтакор" - "Динамо" баҳси санаси ҳам ўзгарди  1 11:45Кожо Жоэль: "Эътиборлироқ бўлишимиз керак эди"  7 11:23Суперлига. "Динамо" — "Бунёдкор" ўйини санаси ўзгарди  2 11:00ПСЖ ва "Челси" собиқ устози АҚШ терма жамоасини ЖЧга тайёрлайди  1 10:31Ёзда шартномаси тугайдиган Салоҳга иккита ТОП клуб қизиқиш билдирмоқда  5 09:56"Арсенал" академияси тарбияланувчиси 14 йилга қамалди  3 09:50Суперлига 18-тур баҳсларининг ҳакамлари маълум. "Навбаҳор" - "Насаф" учрашувини Аҳрол Рисқуллаев бошқариб боради  4 09:22Футзал. Ливия терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 08:50УзПФЛ. Ойнинг барча соврини ҳам «Насаф» аъзоларига насиб этди  5 08:36Жалолиддин Машарипов: "Энди ёш футболчи эмасмиз, айрим вазиятларда масъулиятни ўз бўйнимизга олиб, вазиятни ўзгартиришимиз керак"  20 08:17Футзал. Жаҳон чемпионлигига даъвогар қўшниларимиз Тошкентга етиб келди  3

O'rtoqlik o'yini. O'zbekiston Iordaniyani ishonchli hisobda mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

O'rtoqlik o'yini. O'zbekiston Iordaniyani ishonchli hisobda mag'lubiyatga uchratdi

BAAda yig'in o'tkazayotgan milliy terma jamoamiz bugun Iordaniya terma jamoasiga qargi bahs olib bordi.

O'rtoqlik uchrashuvi.

O'zbekiston - Iordaniya 2:0 

Gol: Husniddin G'ofurov 70, 1:0 Temurxo'ja Abduholiqov 80, 2:0

O'zbekiston: Abduvohid Nematov, Islom Qobilov, Islom To'xtaxo'jaev, Ibrohimhalil Yuldashev, Hojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Sanjar Qodirqulov, Akmal Mozgavoy, Aziz Turg'unboev, Hojimat Erkinov, Temurxo'ja Abduholiqov

Zaxira: Botirali Ergashev, Farruh Sayfiev, Igor Golban, Husniddin G'ofurov, Nurillo To'xtasinov, Vagiz Galiulin, Murod Xolmuhammedov, Oybek Rustamov, Mirjahon Mirahmadov, Oybek Bozorov, Husniddin Aliqulov.

       YANGILASH


Assalomu aleykum. O'zbekiston - Iordaniya o'rtoqlik uchrashuvidan matnli translyaciyamizni boshlaymiz. Yaqin soatlar ichida bizdan uzoqlashmang.

Ikki terma jamoa azolari maydonga chiqib kelishdi. Madhiyamiz yangramoqda! Malumot o'rnida takidlash joiz mazkur o'rtoqlik uchrashuvi termamizning BAA yig'ini doirasidagi ikkinchisi hisoblanadi. Dastlabki o'yinda vakillarimiz Rossiyaning "Zenit" klubiga mag'lub bo'lgan edi. 

Uchrashuv boshlandi! 

5. Iordaniya terma jamoasi futbolchisining darvozamizga bergan zarbasi kuchsiz chiqdi. 

O'yin tempi yuqori emas. Dastlabki daqiqalardan jamoalar ehtiyotkorlikka etibor qaratmoqda. To'p nazorati vakillarimizda. Hojimat Erkinov faol harakat qilmoqda.

12. Iordaniyalik futbolchiga bosh hakam qizil kartochka ko'rsatdi. O'yinning qolgan daqiqalarida termamiz bir kishi ko'p bo'lib o'tkazadigan bo'ldi. Temurxo'ja Abduholiqovga esa sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Mazkur vaziyatda futbolchimiz raqibni fol hisobiga to'xtatib qolgan edi, iordaniyalik o'yinchi esa Temurxo'janing yuziga urib yiqitdi. Bu termamizga ustunlik taqdim qiladimi? O'yin davomida bilib olamiz.

15. BU QIZIQ! Maydonda oppoq mushuk aydo bo'ldi. Bosh hakam o'yinni to'xtatdi va maydondagi mehmonni ozor bermasdan chiqarib yubordi. Futbolda shunday holatlar ham yuz berib turadi. 

Texnik nosozlik sabab efir uzilib qoldi va tez fursatlarda bartaraf etildi. O'yin davom etadi.

19. UXXXXXX. Abduvohid Nematov oldinga chiqib to'p yo'liga g'ov bo'ldi va xavfli vaziyat yuzaga kelishini oldini oldi.  Tasanno Nematov. 

Jamoamiz o'yin tempini oshirdi. So'nggi ikki daqiqada ikkita keskin vaziyat yuzaga keldi. Yana o'sha tinib-tinchimas Erkinov.

23. Iordaniya ham vaqti-vaqti bilan oldinga o'tyapti. Hozircha himoyachilarimiz bir muncha ishonchli harakat qilmoqda. 

Termamizning havolatib uzatayotgan to'plari samara keltirayotgani yo'q. 

Foto: O'FA matbuot xizmati

Birinchi bo'lim yakuniga etib bormoqda! O'yin nazorati biz tomonda.

45. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAT. Terma jamoamiz ajoyib kombinaciya tashkil qildi. Hojimat Erkinov endi qarama-qarshi tomondan hujumga o'tdi. Uning jarima maydonchasiga uzatgan to'pini raqib himoyachilari qaytardi. 

Uchrashuvning dastlabki qismi yakunlandi. 

Ikkinchi bo'lim boshlanish arafasida. Terma jamoamiz tarkibida uchta o'zgarish. Hojiakbar Alijonov o'rniga Murod Holmuhammedov, Akmal Mozgavoy o'rniga Vagiz Galiulin, Aziz Turg'unboev o'rniga Oybek Bozorov maydonga tushdi. 

47. ZARBAAAA. Vagiz Galiulin raqib darvozasi tomon ajoyib zarba yo'lladi. 

49. YANA BIR ZARBAAA. Endilikda Odil Hamrobekov zarba yo'lladi. 

52. HOJIMAT ERKINOOOOV. Qanday vaziyat yuzaga keltirgan ediyayayaya. Uning raqib jarima maydonchasiga yorib kirib bergan zarbasini iordaniyalik posbon qaytardi. 

53. OGOXLANTIRISH. Himoyachimiz Islom To'xtaxo'jaevga sariq kartochka ko'rsatildi. 

O'yin tempi o'rtacha. Hisob ochilganicha yo'q. 

Iordaniya ham hujum uyushtirdi. 

XAVFLI VAZIYAYAYAT. Iordaniya bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramasdan ishonch bilan oldinga o'tdi va keskin vaziyat yaratdi. 

69. O'ZGARISH. O'yinning eng faol futbolchisi Hojimat Erkinov o'rnini Husniddin G'ofurovga bo'shatib berdi.

72. GOOOOOOOOOL. VA NIHOYAT UCHRASHUVDA HISOB OCHILDI! Gol muallifi hozirgina zaxiradan maydonga tushgan Husniddin G'ofurov. Maydon markazidan uzatilgan to'pdan so'ng G'ofurov birga-bir vaziyatga chiqib bordi va darvozani ishg'ol qildi. 

75. GOOOOOOOOL.  Temurxo'ja Abduholqovning goli inobatga olinmadi!

80. GOOOOOL. Temurxo'ja Abduholiqoooooov. Oybek Bozorovning ajoyib uzatmasini Abduholiqov golga aylantirdi. Bozorov bugun ikki golda ham assistentlik qildi. 

85. Vakillarimiz ketma-ket keskin vaziyatlar yaratmoqda. Bo'lar ekan-ku! 

Uchrashuv yakunlandi! O'zbekiston milliy terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Iordaniyani 2:0 hisobida mag'lub etdi. Navbatdagi bahslarda termamizga omad tilab qolamiz. Eslatib o'tamiz keyingi o'yin Soligorskning "SHaxtyor" klubiga qarshi bo'lib o'tadi!

Reyting: -42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика