"Orol"ning oliy ligadagi sevimli raqiblari TOP-5
28 noy 2017 21:51
Yangiliklar
"Orol"ning oliy ligadagi sevimli raqiblari TOP-5
Bugun esa klubning o'zi uchun nisbatan oson bo'lgan raqiblari TOP-5 ligini etiboringizga havola etamiz.
5. "Atlaschi". 2 o'yin. 1 g'alaba, 1 durang. To'plar nisbati 4:2
"Orol" 1994 yilgi mavsumda "Atlaschi" jamoasi bilan 2 marta uchrashgan. Marg'ilondagi bellashuvda 2:2 hisobi qayd etilgan bo'lsa, Nukusdagi bahsda 2:0 hisobida mezbonlarning qo'li baland kelgan. SHu tariqa "Atlaschi" jamoasi Oliy liga doirasida "Orol"ni yuta olmagan ikkita jamoaning biriga aylandi. O'sha mavsumda "Orol" 15-o'rinni egallab Birinchi ligaga tushib ketgan bo'lsa, "Atlaschi" 13-pog'onani band etgan.
4. "Yangier". 6 o'yin. 3 g'alaba, 3 mag'lubiyat. To'plar nisbati 5:9
"Orol" 1992-1994 yillar davomida "Yangier" bilan 6 marta o'zaro raqib bo'lgan. Har ikkala jamoa ham o'z maydonidagi o'yinlarda g'alaba nashidasini surgan. Jamoalarning o'yinlarida faqatgina bir marta yirik hisob qayd etilgan. 1993 yili Yangierliklar 3:0 hisobida ustun kelishgan.
3. "Kimyogar". 4 o'yin. 2 g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat. To'plar nisbati 4:5
"Turon" jamoasi 2000-2001 yilgi mavsumlarda Nukusdagi bellashuvlarda "Kimyogar"ni mag'lub etgan bo'lsa, mehmondagi ikki o'yinda bir marta ochko bilan qaytgan. 2001 yili CHirchiqliklar Nukuslik raqiblarini 3:0 hisobida taslim etishgan. Nukusdagi bahslarda esa minimal hisoblar qayd etilgan.

2. "Metallurg". 4 o'yin. 2 g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat. To'plar nisbati 4:2
"Metallurg" jamoasi 2000-2001 yillarda ikki marta Nukusga safar uyushtirib har ikkalasida ham "quruq" qaytgan. Bekoboddagi o'yinlarda esa 0:0 va 1:0 hisoblari qayd etilgan.
1. "So'g'diyona". 10 o'yin. 4 g'alaba, 2 durang, 4 mag'lubiyat. To'plar nisbati 14:14
"So'g'diyona" va "Orol" bir-birlari uchun teng raqib bo'lishgan. Jizzaxdagi o'zaro o'yinlarda mezbonlar 3 marta g'alaba qozonishgan va qolgan 2 bellashuvda murosa ko'chasi tanlangan. Nukusdagi bahslarda esa mehmonlar bir bora g'alaba qozonib, 4 marta imkoniyatni boy berishgan. Har ikkala jamoada ham ko'rsatkichlar teng, hatto urilgan va o'tkazib yuborilgan gollar soni ham. "So'g'diyona" bir martadan 3:0 va 4:0 hisobida g'alabaga erishgan bo'lsa, "Turon" ikki bora 4:0 hisobida ustun kelgan.
BONUS
"Paxtakor". 10 o'yin. 3 g'alaba, 1 durang, 6 mag'lubiyat. To'plar nisbati 9:20
"Orol" uchun "Paxtakor" jamoasi Nukusdagi o'yinlarda qiyin raqib bo'lmagan. Poytaxtliklar Nukusga 5 marta safar uyushtirib 3 marta mag'lub bo'lib, atigi bir bora zafar quchishgan. Toshkentdagi o'yinlarning barchasida mezbonlarning qo'li baland kelgan.
Furqat Yusupov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar