Birinchi liga qatnashchisi Nukusning “Orol” jamoasida bosh murabbiy o'zgardi.
Muxlislarga yaxshi ma'lumki, bunga qadar boshqaruv postida taniqli sobiq futbolchi Nematulla Quttiboev faoliyat yuritib kelayotgandi. Aytishlaricha ushbu mutaxassis iste'foga chiqqan. Endilikda “Orol”ni Temur Turdiev boshqarib boradigan bo'ldi.