So’nggi yangiliklar

17:40Фати кетма-кет 4 марта "Барселона" қайдномасига киритилмади  1 17:06"Реал" ТВдан сўнг Анчелотти Симеонега жавоб берди  22 16:50АПЛ. "Ньюкасл" - "Борнмут" ўйини учун таркиблар маълум бўлди  0 16:17Холанднинг "Сити" билан шартномаси - футбол тарихидаги энг йириги  3 15:32"Реал" ТВ Симеоненинг ҳакамлик ҳақидаги сўзларига жавоб қайтарди  21 14:35Флик "Реал" - "Сельта" баҳси ҳақида: "Ҳеч қачон ҳакамлар ҳақида фикр билдирмайман"  12 14:11Перес "Реал" президентлиги учун номзод сифатида тасдиқланди. Кун охиригача рақобатчилар пайдо бўлмаса сайлов ўтказилмайди  0 13:37Эрон Суперкубоги учун баҳсда Ўрунов жамоаси мағлуб бўлди  0 12:54"Барселона" футболчиси 5 ойдан сўнг сафга қайтди  2 12:34Абдуқодир Ҳусановнинг "Энергетик БГУ"даги устози: "Унинг "Сити"даги рақобатчиларига ҳавас қилмайман"  26 11:50"Насаф"га ўтаётган Черан ва Хебай учрашишди  12 11:22"Бавария" ва Дэвис 4 йиллик янги шартнома бўйича келишувга эришишга яқин  3 11:00Бугун Пеп Гвардиола таваллуд топган кун. Мураббийнинг ҳаётий сабоқларини ўқинг  8 10:43Холанднинг янги шартномасида иккита клубга кетиши мумкинлиги ҳақидаги банд бор  9 10:07«Барселона» «Ливерпуль» футболчисига 70 миллион евро тўламоқчи  2

“Orol” jamoasi - mehnat jamoalari huzurida Yangiliklar

“Orol” jamoasi - mehnat jamoalari huzurida

Qoraqalpog'iston Respublikasining bosh jamoasi – “Orol” ko'p yillik tarixga ega. 1976 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan bu jamoadan ko'plab taniqli futbolchilar etishib chiqqan.
“Orol” jamoasi bir paytlar O'zbekiston chempionatining  oliy ligasida ham munosib ishtirok etgan. Mana to'qqiz yildirki, nukuslik futbolchilar birinchi ligada to'p surib kelishayotir.

Bugungi kunda jamoa o'yinlarida ijobiy o'zgarishlarni kuzatish mumkin. Bu mubolag'a emas. Buning o'ziga xos sabablari bor, albatta. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2013 yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi  va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasida futbolni rivojlantirishni davlat tomonidan yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlar to'g'risida”gi  Qarorlari ijrosini taminlash hamda “Orol” jamoasini qo'llab-quvvatlash maqsadida tadbirlar rejasini tasdiqlagandi. Ushbu rejaga asosan,  “Orol” jamoasi futbolchilari 20 maydan boshlab mahalliy ishqibozlar, homiy tashkilotlar vakillari, shuningdek turli vazirliklar tizimidagi idora va korxonalarning ishchi-xodimlari huzuriga tashrif buyurishyapti. U erda o'ziga xos uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Bunday tadbirlar shu kungacha “Nukus vino zavodi” va “Qoraqalpog'iston don mahsulotlari” akcionerlik jamiyatlari, “Qoraqalpoqavtoyo'l” yo'llardan foydalanish boshqarmasi, “Taxiatosh neftebazasi” va “Ellikqala neftebazasi” unitar korxonalari, “O'zavtodaryotrans” agentligining Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi, “Nukustrans” korxonasi, Qoraqalpog'iston davlat universitetida bo'lib o'tdi. Qiziqarli va munozaralarga boy kechgan har bir uchrashuvda Qoraqalpog'iston  Respublikasi futbol federaciyasining birinchi vice prezidenti Vladimir Nazarov jamoa tarixini gapirib bermoqda. SHuningdek, tadbir davomida tashkilotlar rahbarlari va futbol muxlislari sevimli jamoasini qo'llab-quvvatlash borasida o'zlarining fikr-mulohazalarini bildirishyapti. O'z navbatida jamoa bosh murabbiyi Nematulla Quttiboev va futbolchilar ularni qiziqtirgan savollarga javob berishmoqda.

Mazkur tadbirlar 10 iyunga qadar davom etadi. 8 iyun kuni Nukus shahridagi “Turon” o'yingohida ishqibozlar bilan uchrashuv o'tkazish ham rejalashtirilgan.


Ikrom  XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика