So’nggi yangiliklar

15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  0 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  0 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  20 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  2 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   8 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  7 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  6 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  22

“Orol” O'zbekiston kuboklarida qanday ishtirok etgan? Yangiliklar

“Orol” O'zbekiston kuboklarida qanday ishtirok etgan?

Nukusning “Orol” jamoasi O'zbekiston kuboklarida qanday ishtirok etgan? Ushbu maqola orqali bu savolga batafsil javob olasiz.

1992 yil. 1/16 final. “Orol” – “Atlaschi” (Marg'ilon) 2:1, 0:1
Birinchi O'zbekiston kubogi musobaqalarida “Orol” ilk boqichda Marg'ilonning “Atlaschi” jamoasi bilan to'qnash keldi. Nukusda 2:1 hisobida zafar quchgan klub, Farg'onada 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va to'plar nisbatiga ko'ra, keyingb bosqichdan quruq qoldi.

1993 yil.
1/16 final. “Orol” – “Savay” (Qo'rg'ontepa) 8:0, 1:3
1/8 final. “Orol” – “Dinamo” (Samarqand) 2:0, 1:4
1993 yili “Orol” kubok o'yinlarida yaxshi taasurot qoldihlb. Klub dastlabki bosqichda “Savay”ni ilk o'yinda 8:0 hisobida taslim qilib, keyingi bosqich masalasini hal qilgan edi. Nimchorak finalda esa jamoa Nukusda “Dinamo”ni 2:0 hisobida yutdi. Biroq Samarqanddagi bellashuvda mezbonlar 4:1 hisobida ustun kelib chorak final maslalasini hal qilishdi.

1994 yil. 1/16 final. “Orol” – “So'g'diyona” 1:0, 0:4
1994 yili “Orol” o'z ishtirokini birinchi bosqichdayoq yakunladi. Jamoa “Turon” stadionida “So'g'diyona”ni kichik hisobda yutdi. Ammo Jizzaxdagi o'yindagi yirik mag'lubiyat tufayli musobaqa bilan barvaqt xayrlashdi.

1995 yil. 1/16 final. “Orol” – “Diyor” (Bulung'ur) 0:0, 1:3
“Orol” Birinchi ligaga tushib ketgan ilk mavsumida kubok o'yinlarining birinchi bosqichida “Diyor” jamoasiga ikki o'yin natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi.

1996 yil. Birinchi bosqich.
“Nurafshon” (Buxoro) – “Orol” 3:1
“Orol” – “Progress” (Zarafshon) 1:4
“Zarafshon” (Navoiy) – “Orol” 5:0
“Orol” – ‘Sitora” (Buxoro) 1:4
“Orol” – “ASK” (Termiz) 0:2
1996 yili Nukusliklar kubok o'yinlarining birinchi bocqichida 5 ta uchrashuv o'tkazib, barchasida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini ayanchli tarzda yakunlashdi.

1997 yil.
Birinchi bosqich. “Guliston” (Guliston) – “Orol” 2:0, 0:3
Ikkinchi bosqich. “Orol” – “Do'stlik” (Kattaqo'rg'on) 3:0, 0:2
1/8 final. “Orol” – “Paxtakor” (Toshkent) 1:1, 3:7
1997 yili “Orol” kubokning ilk raundida Gulistondan 0:2 hisobidagi mag'lubiyat bilan qaytib keldi. Nukusda kechgan javob o'yinida esa mezbonlar yirik g'alabani tantana qilib, keyingi bosqichga yo'l olishdi. Nukusda mehmon bo'lgan “Do'stlik” ham yirik hisobda yutqazdi. Kattaqo'rg'ondagi 2:0 hisobi ham “Do'stlik”ka yordam bermadi. SHu tariqa, nimchorak finalga chiqqan “Orol” ilk o'yinda “Turon”da “Paxtakor” bilan durang o'ynadi. Toshkentdagi bahsda esa nukusliklar 3:7 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

1998 yil.
Saralash bosqichi. “Orol” – “Urganch” (Urganch) 2:1
1/16 final. “Orol” – “Xorazm” (Urganch) 2:1
1/8 final. “Navbahor” (Namangan) – “Orol” 5:0
1998 yili “Orol” kubokdan Urganchning bir yo'la ikkita jamoasini chiqarib yubordi. Dastlab “Urganch”, keyinchalik esa “Xorazm” Nukusdan mag'lubiyat bilan qaytdi. Nimchorak finalda esa “Navbahor” “Orol”ga qaqshatqich zarba berib, jamoani musobaqadan chiqarib yubordi.

1999 yil. Saralash bosqchi. “Semurg'” (Angren) – “Orol” 3:1
Keyingi yil “Orol” musobaqani saralash bosqichidayoq yakunlab qo'ya qoldi. Angrenda mehmon bo'lgan nukusliklar 1:3 hisobida taslim bo'lib kelishdi.

2000 yil.
“Xiva” (Xiva) – “Turon” 1:0
“Turon” – “Xorazm” (Urganch) 3:2
XX asrning oxirida “Turon” nomi bilan musobaqada ishtirok etgan nukusliklar Xivadan kichik mag'lubiyat bilan qaytishdi. Guruhning ikkinchi o'yinida Urganchliklar mag'lub etilgan bo'lsa ham, bu keyingi bosqichga chiqish uchun kamlik qildi.

2001 yil. 1/16 final. “Andijon” (Andijon) – “Turon” 4:2
Yangi asrda nukusliklar musobaqani 1/16 finaldayoq yakunlab qo'ya qolishdi. Andijonda mehmon bo'lgan klub 2:4 hisobida yutqazib keldi.

2002 yil.
“Turon” – “Jayhun” (Urganch) 3:1
“Buxoro” (Buxoro) – “Turon” 1:0
“Xojayli” (Xo'jayli) – “Turon” 1:9
“Turon” – “Mashal” (Muborak) 2:0, 0:6
2002 yili “Turon” guruh bosqichida Urganchning “Jayhun” va Xo'jaylining “Xo'jayli” jamoalari darvozasiga jami 12 ta gol kiritdi. Biroq “Mashal”ga Muborakda boy berilgan yirik mag'lubiyatdan so'ng jamoa turnirdagi ishtirokini yakunladi.

2007 yil. Birinchi bosqich. “Zarafshon” (Navoiy) – “Jayxun” 4:1
5 yillik tanaffusdan so'ng Nukusga yana futbol qaytdi. Bu safar “Jayxun” nomi bilan qaytgan klub kubokning ilk o'yinida Navoiyda yirik hisobda imkoniyatni boy bergan holda, musobaqa bilan xayrlashdi.

2008 yil.
Birinchi bosqich. “Xorazm” (Urganch) – “Jayxun” 0:2, 1:2
1/8 final. “Jayxun” – “Quruvchi” (Toshkent) 0:2, 0:2
2008 yili birinchi bosqichda Urganchning “Xorazm” klubi ustidan ikki o'yinda ham g'alabaga erishgan nukusliklar nimchorak finalda Toshkentning “Bunyodkor”iga qarshi bahs olib borishdi. Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi klub ikkala o'yinda ham muvaffaqiyatga erishib, chorak finalga chiqishdi.

2009 yil. Birinchi bosqich. “Jayxun” – “Mashal-Akademiya” (Muborak) 1:3
2010 yil. Ikkinchi bosqich. “Orol” – “Qizilqum” (Zarafshon) 0:2
2011 yil. 1/16 final. “Jayxun” – “So'gdiyona” (Jizzax) 1:2
2012 yil. 1/16 final. “Guliston” (Guliston) – “Orol” 2:1
2009-2012 yillarda “Jayxun” jamoasi kubokdagi ilk o'yinidayoq raqiblariga yutqazgan holda musobaqa bilan xayrlashishga majbur bo'lgan. Etiborli jihati klub oldingi uch mavsumda ham o'yinlarini o'z maydonida o'tkazgan edi.

2013 yil.
Birinchi bosqich. “Orol” – “Xorazm” (Urganch) +:-
Ikkinchi bosqich. “SHo'rtan” (G'uzor) – “Orol” 4:1
Birinchi bosqichda “Xorazm” ustidan texnik g'alabaga erishgan nukusliklar ikkinchi bosqichda G'uzorda mehmon bo'lib, raqibiga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi va turnir bilan xayrlashdi.

2014 yil. Birinchi bosqich. “Xorazm” (Urganch) – “Orol” 4:2
Keyingi yili “Xorazm” bir yil oldingi «mag'lubiyat» uchun o'ch oldi. Urganchda kechgan to'qnashuvda mezbonlar ishonchi g'alabaga erishib, keying bosqich masalasini ijobiy hal etishdi.

2015 yil.
Birinchi bsoqich. “Orol” – “Xorazm” (Urganch) 3:0
Ikkinchi bosqich. “Orol” – “SHo'rtan” (G'uzor) 0:1
Undan keyingi yili esa o'ch olish navbati “Orol”ga keldi. Nukusdagi to'qnashuvda mebonlar yirik g'alabani tantana qilishdi. Biroq G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi keying bosqichda “Turon” stadionidan g'alaba bilan uyiga qaytdi.

2016 yil.
Birinchi bosqich. “Orol” – “Xorazm” 2:1
Ikkinchi bosqich. “Qizilqum” – “Orol” 5:0
“Orol” birinchi bosqichda Urganchning “Xorazm” jamoasi ustidan g'alaba qozongan bo'lsa, keyingi bosqichda “Qizilqum” bilan Nukusda to'qnash kelishi kerak edi. Biroq jamoalar o'zaro kelishgan holda o'yinni Navoiyga ko'chirishdi. Oqibatda mazkur to'qnashuvda nukusliklar yirik hisobda mag'lub bo'lib, musobaqadan chiqib ketishdi.

2017 yil.
Ikkinchi bosqich. “So'g'diyona” – “Orol” 4:3
Ortda qolayotgan yilda nukusliklar kubokdagi dastlabki o'yindayoq yutqazishdi. Jizzaxda ‘So'g'diyona” mehmoni bo'lgan Temur Turdiev shogirdlari 3:4 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirdan chiqib ketishdi.


Furqat Yusupov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика