So’nggi yangiliklar

04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   1 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  11 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8

“Orol” oxirgi yillarda Birinchi ligada qanday ishtirok etdi? Yangiliklar

“Orol” oxirgi yillarda Birinchi ligada qanday ishtirok etdi?

Nukusning “Orol” jamoasi oxirgi yillarda Birinchi ligada qanday ishtirok etmoqda? Quyida bu savolga javob topamiz.

2011 yili.
Janub zonasi
20 o'yin. 11 g'alaba, 2 durang, 7 mag'lubiyat. To'plar nisbati 38:29. 35 ochko. 4-o'rin

2011 yilgi mavsumni nukusliklar judayam omadli boshlashdi. Klub janub zonasida 4-o'rinni egalladi va Oliy ligaga chiqishga qodir jamoadek ko'rina boshladi. O'sha tarkibda Navro'z Alimov ham bor edi. Jamoa ancha yillardan buyon ilk bora to'plar nisbatini “+” qilib yakunladi.

Yakuniy bosqich
30 o'yin. 11 g'alaba, 4 durang, 15 mag'lubiyat. To'plar nisbati 35:42. 37 ochko. 10-o'rin
Moliyaviy qiyinchiliklar o'z tasirini ko'rsatdi. “Jayhun” jamoasi yakuniy bosqichda 16 ta jamoa orasida o'ninchi o'rin bilan cheklandi. Bu Nukus jamoasining “Jayhun” nomi ostidagi eng so'ngi mavsumi sifatida tarixdan joy oldi.

2012 yili.
Janub zonasi
22 o'yin. 2 g'alaba, 3 durang, 17 mag'lubiyat. To'plar nisbati 18:50. 9 ochko. 12-o'rin
2012 yilda jamoaning nomini “Orol” deya o'zgartirishdi. Klub o'sha mavsumni sharmandali tarzda o'tkazdi. 22 uchrashuvda atigi 9 ochko to'plagan klub uchun bu Birinchi ligadagi eng daxshatli mavsum edi. Xullas “Orol” o'sha yili Orol dengiziga o'xshab qurib qoldi.

2013 yili.
Janub zonasi
22 o'yin. 9 g'alaba, 3 durang, 10 mag'lubiyat. To'plar nisbati 32:27. 30 ochko. 6-o'rin
O'tgan yilgi xatolardan xulosa chiqargan Nukus jamoasi 2013 yilgi mavsumda janub zonasida kuchli oltilikka kirib, keyingb bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Sochilib ketgan himoya, endi mustahkamiga almashgandi. Har holda o'tkazib yuborilgan gollar soni deyarli ikki barobarga kamaygani so'zimizga isbot bo'la oladi.

Yakuniy bosqich
30 o'yin. 7 g'alaba, 3 durang, 20 mag'lubiyat. To'plar nisbati 32:53. 24 ochko. 16-o'rin
Yana moliyaviy muammolar o'z tasirini ko'rsatdi. “Orol” yakuniy bosqichda shunchaki autsayderga aylandi. Nukusliklar 30 o'yinda 24 ochko to'plab eng so'ngi o'rinni egallashdi.

2014 yili.
Janub zonasi
22 o'yin. 11 g'alaba, 3 durang, 8 mag'lubiyat. To'plar nisbati 27:22. 36 ochko. 4-o'rin
2014 yilgi mavsumni “Orol” jamoasi yana omadli boshladi. Ayniqsa himoyada juda ham ishonchli harakat qildi. Klub 22 uchrashuvda 36 ochko to'plab, kuchli to'rttlikka kirishga muvaffaq bo'ldi.

Yakuniy bosqich
30 o'yin. 10 g'alaba, 4 durang, 16 mag'lubiyat. To'plar nisbati 33:38. 34 ochko. 10-o'rin
Lekin jamoa yakuniy bosqichda yana muvaffaqiyatsizliklar girdobiga tushib qoldi. Oliy ligaga chiqmasa ham, kuchli beshlik uchun kurashishini kutgan “Orol” muxlislarining xafsalasi yana pir bo'ldi. Jamoa yana odatiy 10-o'rini bilan cheklandi.

2015 yili.
Janub zonasi
18 o'yin. 7 g'alaba, 2 durang, 9 mag'lubiyat. To'plar nisbati 20:24. 23 ochko. 7-o'rin
“Orol” 2015 yilgi mavsumda Janub zonasida bir amallab kuchli sakkizlikka kirib, keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Etiborga molik tomoni, jamoa himoyasi o'shanda nisbatan ishonchli harakat qilgan edi.

Yakuniy bosqich
30 o'yin. 9 g'alaba, 4 durang, 17 mag'lubiyat. To'plar nisbati 27:52. 31 ochko. 10-o'rin
Hal qiluvchi bosqichda “Orol” yana eski odatini takrorladi. Klub bu safar 16 ta jamoa orasida 13-o'rinni egalladi va jimgina kelasi mavsumda ham Birinchi ligada ishtirok etish huquqini saqlab qoldi.

2016 yili.
32 o'yin. 12 g'alaba, 2 durang, 18 mag'lubiyat. To'plar nisbati 71:88. 38 ochko. 11-o'rin
“Orol” tarixidagi eng sermahsul mavsum. Jamoa ligada gol urish bo'yicha ham , gol o'tkazish bo'yicha ham ikkinchi o'rinni egalladi. “Orol” o'z maydonida 7:0, 8:2 hisoblarida g'alaba qozonib, mehmonda 4:6, 0:7 hisoblarida yutqazishi ham o'sha mavsumda odatiy holga aylandi. Nukusliklar hujumchisi Navro'z Xaipov ligada 30 ta gol urib, eng yaxshi to'purarga aylandi. Jamoa esa mavsumni 18 klub orasida 11-o'rin bilan yakunladi.

2017 yili.
34 o'yin. 10 g'alaba, 7 durang, 17 mag'lubiyat. To'plar nisbati 55:72. 37 ochko. 13-o'rin
“Orol” bu yilgi mavsumda yana oldingi yilgidek harakat qildi. Ikkinchi davrada tarkibga Navro'z Alimov va Navro'z Xaipov kabi tajribali hujumchilar kelib qo'shildi. Biroq jamoaning mehmondagi salbiy natijalari oqibatida klub 13-o'rin bilan cheklanishga majbur bo'ldi.

Mana ko'rib turibsiz, “Orol” jamoasi Birinchi ligada xavas qilsa arzigulik natijalar qayd etmagan. Biroq qoraqalpog'istonlik futbol muxlislari uchun jamoaning har bir o'yini o'ziga yarasha bayram desam aslo mubolag'a bo'lmaydi. Qoraqalpog'istonlik muxlislar ham “Orol”ning qachondir Oliy ligaga chiqishiga umid qilishadi.


Furqat Yusupov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика