So’nggi yangiliklar

13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  0 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  0 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   1 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   6 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   0 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  5 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  6 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  19 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  28 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  8

“Orol” Oliy ligada qanday ishtirok etgan? Yangiliklar

“Orol” Oliy ligada qanday ishtirok etgan?

Nukusning “Orol” jamoasi Oliy ligada 5 mavsum ishtirok etgan. Quyidagi maqola orqali jamoaning Oliy ligadagi ishtiroki haqida to'xtalib o'tamiz.

1992 yil. 32 o'yin. 9 g'alaba, 4 durang, 19 mag'lubiyat. To'plar nisbati 28:50. 22 ochko. 14-o'rin

Oliy ligadagi ilk mavsumda nukusliklar 32 uchrashuvda 22 ochko (o'sha paytlarda g'alaba uchun 3 emas, 2 ochko berilgan) jamg'arib 17 jamoa orasida 14-o'rinni qo'lga kiritib chempionatda zo'rg'a jon saqlab qolishgan edi. Etiborli jihati 33,34-turlarda “Orol”ning mehmondagi o'yinlarida texnik mag'lubiyat yozilib, 35-turda o'z maydonidagi bahsda esa texnik g'alaba yozilgan. O'sha mavsumda nukusliklar o'z maydonlarida “Navbahor” va “Paxtakor” jamoalarini 1:0 hisobida taslim qilishgan edi. Umuman olganda o'sha yili “Orol” Nukusda daxshatli jamoaga aylangan bo'lsa, mehmondagi o'yinlarda raqiblarga tayyor “o'lja” vazifasini bajarib bergan. Jamoa safardagi o'yinlarda birorta ham g'alabani qo'lga kiritmagan.

1993 yil. 30 o'yin. 11 g'alaba, 3 durang, 16 mag'lubiyat. To'plar nisbati 37:55. 25 ochko. 11-o'rin

Keyingi mavsumni “Orol” ancha muvaffaqiyatli o'tkazdi. Nukusliklar chempionatda 30 o'yinning 11 tasida g'alaba qozonib, yakunda 25 ochko bilan 11-pog'onani band etishdi. O'sha mavsumda jamoa “Turon” stadionidagi 15 o'yinning 10 tasida zafar quchdi. SHuningdek klub ikki mavsum ichida mehmondagi birinchi g'alabasini tantana qildi. MXSK jamoasi o'z maydonida “Orol”ga yutqazgan Oliy ligadagi birinchi va oxirgi klub bo'ldi. Eng qizig'i “Orol” ketma-ket ikkinchi mavsumda ham o'z maydonida “Paxtakor”dan ustun keldi – 2:0. Nukusdan faqatgina uch jamoa “Neftchi”, “CHirchiq” va “Navbahor” g'alabaga erishishgan.

1994 yil. 30 o'yin. 6 g'alaba, 3 durang, 21 mag'lubiyat. To'plar nisbati 29:65. 15 ochko. 15-o'rin

Afsuski 1994 yili “Orol” uchun omadsiz keldi. Jamoa 30 uchrashuvda atigi 15 ochko to'plab 16 jamoa orasida 15-o'rinni egallab, Birinchi ligaga tushib ketdi. Jamoa mehmondagi 15 o'yinda bor-yo'gi 1 ochko to'pladi. “Paxtakor” esa nihoyat uchinchi mavsumga kelib Nukusdan g'alaba bilan qaytdi (1:0). Jamoa mavsum davomida 0:4, 1:5, 1:7 hisobidagi mag'lubiyatlarni qabul qilishiga to'g'ri keldi.

2000 yil. 38 o'yin. 10 g'alaba, 7 durang, 21 mag'lubiyat. To'plar nisbati 41:82. 37 ochko. 15-o'rin

2000 yili “Turon” nomi ostida Oliy ligaga “qaytarilgan” jamoa mavsumni nisbatan yaxshi o'tkazdi. 38 uchrashuvda 37 ochko to'plagan nukusliklar 20 jamoa orasida 15-o'rindan joy olishdi. Klub yana safarda juda yomon natijalarni qayd etdi. 19 o'yinda birorta ham g'alabaga erishilmay, 5 ta durang qayd etildi. CHempionatning 30-turida “Turon” o'z maydonida “Paxtakor”dan 3:1 hisobida ustun kelib, “Xalq jamoasi” uchun Nukus ancha noqulay ekanini yana bir bor isbotlab berdi.

2001 yil. 34 o'yin. 8 g'alaba, 6 durang, 20 mag'lubiyat. To'plar nisbati 36:77. 30 ochko. 17-o'rin

XXI asr Qoraqalpoq futboli uchun omadsiz boshlandi. “Turon” jamoasi 34 bahsda maydonga tushib, 30 ochko to'pladi va 18 klub orasida 17-pog'onani band qilib, Birinchi ligaga tushib ketdi va shu ketganicha Oliy ligaga boshqa qaytmadi. Jamoa yana mehmonda juda yomon natijalar qayd etdi: 17 uchrashuvda atigi 1 ochko. Biroq o'z maydonida raqiblarga ancha qarshilik ko'rsata oldi. “Paxtakor” Nukusdan bir ochko bilan qaytgan bo'lsa, o'sha yili bronzani qo'lga kiritgan “Nasaf” uyga quruq qaytdi. Biroq mehmondagi omadsizliklar jamoaga pand berdi.

Qiziqarli faktlar

- “Orol” Oliy ligada 5 mavsum davomida 164 o'yin o'tkazib, 44 g'alaba, 23 durang va 97 mag'lubiyat qayd etgan. To'plar nisbati 171:329. Klub Oliy ligada jami 155 ochko to'plab bu borada 24-o'rinni egallab turibdi.

- Jamoa Nukusda kechgan 82 bahsning 43 tasida zafar quchib, 13 tasida durang o'ynagan va 26 tasida imkoniyatni boy bergan. To'plar nisbati 124: 91.

- Mehmonda kechgan 82 uchrashuvda esa klub bor-yo'gi 1 marta g'alaba qozonib, 10 durang va 71 ta mag'lubiayat qayd etdi. To'plar nisbati 47:238. SHunchaki daxshat!

- “Orol” uchun eng noqulay raqib “Neftchi” hisoblanadi. Farg'onaliklarga qarshi kechgan 10 ta o'yinda jamoa bir ochko ham ishlamagan.

- “Paxtakor” Nukusdagi 5 o'yinning bittasida g'alaba qozonib, yana birida durang o'ynagan va qolgan 3 tasida imkoniyatni boy bergan. Toshkentdagi barcha o'yinlarda esa “sherlar”ning qo'li baland kelgan.

- Ikki o'yinda “Orol”/”Turon”ga, 3 o'yinda esa jamoa raqiblariga texnik g'alaba yozilgan.

- “Orol” 1992 yili “SHaxrixonchi”ni 5:0, “Turon” 2001 yili “Semurg'”ni 6:1 hisobida talsim qilgan. Bu jamoaning o'z tarixidagi eng yirik g'alabalaridir.

- 1992 va 2000 yillari “Navbahor” o'z maydonida nukusliklarni 6:0 hisobida taslim qilgan bo'lsa, 1994 yili “Nurafshon” Buxoroda “Orol”ni 7:1 hisobida mag'lub etgan. Bu jamoa tarixidagi eng yirik mag'lubiyatlar hisoblanadi.

- Nuksuliklar tarkibida Nematullo Quttibaev O'zbekiston chempionatida 65 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 24 ta gol yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'lgan.

Furqat Yusupov tayyorladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика