"Orol" futbol klubi muxlislarni va Fan-klubni stadionga chorlaydi
05 apr 2018 11:53
Yangiliklar


"Orol" futbol klubi muxlislarni va Fan-klubni stadionga chorlaydi
6 aprel kuni Pro-liganing birinchi turida Nukusning "Orol" jamoasi "Turon" stadionida Farg'onaning "Istiqlol" jamoasiga qarshi mavsumning ilk uchrashuvini o'tkazadi.
Ochilish marosimi soat 15:15 da boshlanadi. Dastlab Nukus shahar madaniyat uyining xonada va raqqosalari ijrosida koncert dasturi qo'yib beriladi. SHundan so'ng Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Futbol Federaciyasining Prezidenti Q.Sariev so'zga chiqishi kutilyapti.
Uchrashuv 16:00 da boshlanadi.
"Orol" futbol klubining jonkuyar muxlislari uchun yaxshi yangilik ham bor. Klubning Fan-klubi qayta tashkillashtirishmoqda.
Agar siz ham Fan-Klubga azo bo'lmoqchi bo'lsangiz quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Fan-klub raisi Timur Kadirov: +998905754732, +998973533529
Fan-klub azosi Adil Allaniyazov: 998913830808
Furqat Yusupov
O’xshash yangiliklar

Fikrlar