So’nggi yangiliklar

08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги нимчорак финалчилар маълум  0 07:21Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2 га тушириб юборилди  1 02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  11 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  1 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  2 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  1 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  2 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  0 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  6 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  10 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  15 22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0

"Orol" Birinchi liga-2017 mavsumni qanday o'tkazdi? Yangiliklar

"Orol" Birinchi liga-2017 mavsumni qanday o'tkazdi?

"Orol" klubining 2017 yil birinchi liga mavsumidagi ishtirokiga batafsil to'xtalib o'tamiz.

Nukusning "Orol" jamoasi Birinchi liganing ortda qolgan mavsumida 34 uchrashuvning 10 tasida g'alaba qozonib, 17 tasida imkoniyatni boy berdi va qolgan 7 to'qnashuvda murosa ko'chasini tanladi. To'plar nisbati 55:72. Klub 37 ochko jamg'arib 18 jamoa orasida 13-o'rinni egalladi.

"Orol" Nukusda qanday o'ynadi?
“Orol" Nukus shahridagi "Turon" stadionida o'tkazilgan 17 o'yinning 9 tasida zafarq uchib, 6 tasida imkoniyatni boy berdi va qolgan 2 bahsda durang o'ynadi. Klub urgan gollari soni 42 tani, o'tkazgan gollari soni esa 32 tani tashkil etdi. Etiborli jihati beshta bellashuvda nukusliklar yirik hisobda zafar quchishdi. 23 iyun kuni "Turon"da "Xotira-79" bilan bo'lgan o'yinda jamoa 8:2 hisobida g'alaba qozondi. Nukusliklar o'z uylarida ikkita jamoaga yirik hisobda yutqazishdi. "Surxon" va "Cementchi" klublari Nukusdan 5:1 hisobidagi g'alabalar bilan qaytishdi.

Safarda "Orol" qanday o'ynadi?
Temur Turdiev shogirdlari safarda kechgan 17 bellashuvning atigi bittasida g'alaba qozonib, 11 tasida imkoniyatni boy berishdi va qolgan 5 bahsda bir ochkoga ega bo'lishdi. To'plar nsibati ham ancha ayanchli ahvolda 13:40. Jamoa mehmondagi so'ngi olti o'yinning hammasida yutqazib keldi. Klub birinchi turda “Cementchi” o'z maydonida “Orol”ni 5:0 hisobida taslim qilgan bo'lsa, so'ngi turlarda “Mashal-2” jamoasi yirik 8:0 hisobida maglub etgan.

“Orol”da kimlar gol urdi?
Mavsum davomida jamoa tomonidan urilgan gollar 17 ta futbolchi nomiga yozildi. Rinal SHilmanov 8 ta gol bilan jamoa to'purari bo'ldi. U umumiy to'purarlar ro'yhatida 27-o'rindan joy oldi. SH.Karimboev 7 ta gol bilan jamoaning ikkinchi to'purari bo'ldi. O'tgan mavsumda 30 ta gol urib Birinchi liga to'purari bo'lgan va Birinchi davrani Oliy liga vakili “Obod”da o'tkazgan Navro'z Xaipov esa o'z hisobiga oltita gol yozdirib qo'ydi. Jamoaning qolgan gollari quyidagi futbolchilar nomiga yozidli: I.Seytnazarov (5), M.Karliboev (5), K.Eraliev (3), B.Yangiboev (3), T.Turdiev (3), D.Nizanov (3), A.Sidiqov (2), A.Xaipov (2), A.O'razboev (1), M.Kannazarov (1), G.Davletaliev (1), E.Jamiev (1), O.Ro'zimov (1), R.Musaev (1).


Qiziqarli faktlar
- “Orol” oxirgi 13 o'yinning atigi bittasida g'alaba qozonib, 9 tasida imkoniyatni boy berdi.

- Ana shu o'yinlardan oldingi 7 ta bellashuvda esa nukusliklar raqiblariga imkoniyatni boy berishmadi.

- Oliy ligaga yo'l olgan “Cementchi” jamoasi “Orol” bilan kechgan har ikki o'yinda ham beshtadan gol urishga muvaffaq bo'ldi.

- “Orol” jamoasi esa “Xotira-79” klubiga ikki o'yinda umumiy hisobda 10 ta gol urdi.

- “Orol” jamoasi 4 o'yinda o'z darvozasidan 5 tadan gol o'tkazib yuborgan bo'lsa, ikki bellashuvda raqiblarga beshta gol “sovg'a” qilgan.

- “Nasaf-2”ga qarshi mehmondagi o'yinda Nukusliklar 90+6 daqiqa gol o'tkazib yuborib imkoniyatni boy berishgan edi. SHuningdek jamoa Zominda “Zomin”ga qarshi bahsning 90+4 daqiqasida gol qo'yib yuborib ochkosiz qolib ketishgan.

- Navro'z Xaipov “G'allaorol” (5:2) bilan Nukusda kechgan o'yinda “xet-trik”ka erishdi. Bu jamoa futbolchilari tomonidan mavsumda urilgan yagona “xet-trik”i edi.

- Jamoa yarim himoyachisi Muras Karlibaev mavsum davomida uch marta maydondan chetlatilib, jamoadoshlariga “o'rnak” bo'ldi.

- “Orol” 3-turda “Nurafshon” bilan o'yinda birinchi taym oxirigacha 0:3 hisobida ortda bordi. 52 daqiqadan boshlab esa bir kishi kam bo'lib qoldi va yakunda 4:3 hisobida zafar quchdi.

- “Orol” futbolchilari 8 o'yinda raqib darvozasiga gol ura olishmagan bo'lsa, jamoa posbonlari to'rt to'qnashuvda darvozalari dahlsizligini saqlab qolishgan.

Furqat Yusupov
Nukus shahridan maxsus

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика