So’nggi yangiliklar

09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  0 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  2 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  2 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  9 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  5 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0

"Orol" 7 o'yindan buyon faqat yutqazmoqda Yangiliklar

"Orol" 7 o'yindan buyon faqat yutqazmoqda

Nukusning "Orol" jamoasi Pro-Liga "A"ning 3-turida o'z maydonida Termizning "Surxon" jamoasini qabul qilib yirik 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O'yin teng kurashlar ostida boshlandi. Birinchi taym oxirlarida mezbonlar himoyachisi Islom Seytnazarov o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Ikkinchi taym boshida esa mehmonlarning tajribali hujumchisi Farhod Todjiev hisobni 0:2 ga etkazdi. SHundan so'ng nukusliklar "uyg'ongandek" bo'lishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Albert Siddiqovga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun hakam 11 metrlik "nuqta"ni ko'rsatdi. Penaltidan esa Navro'z Xaipov unumli foydalandi. Bu Navro'zning oxirgi 4 mavsumda quyi ligada urilgan 53-goli bo'ldi.  SHundan so'ng "Orol" hisobni tenglashtirish uchun harakat qildi. Biroq o'yin oxirida mehmonlar futbolchisi Nizomjon Norov ikkita gol urib hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.

SHu tariqa "Orol" jamoasi mavsumdagi uchinchi uchrashuvni ham boy berdi. To'plar nisbati esa ancha qo'rqinchli 3:10. Jamoa murabbiyi Quvat Tureevning ishlari hozircha yurishmayapti.  Etiborga molik jihati nukusliklar o'tgan mavsumni ham qo'shib hisoblaganda ketma-ket ettinchi o'yinda imkoniyatni boy berishmoqda. Umuman olganda "Orol" oxirgi 17 o'yinning faqatgina bittasida g'alab qozondi. Mavsumni tayyorgarliksiz boshlagan jamoa mavsumni qanday o'tkazishi oydindek go'yo.

Uchrashuvda jamoaning biror taktika asosida to'p surgani ko'rinmadi. Balki hali murabbiylar futbolchilarga o'zlarining falsafalarini singdirib ulgurishmagandir.

“Orol” - “Surxon” 1:4  
Hakamlar: 
I.Tantashev (Buxoro), X.SHodmonov (Buxoro), A.Burov (Buxoro).
Nazoratchi- V.SHashkov (Toshkent).
Komissar -D.Mirzaev.
Gollar: Navro'z Xaipov 65 (penalti) - Islom Seyitnazarov (avtogol) 43, Farhod Tojiev 46, Nizomjon Norov 85, 90+4.
"Orol": 22. Yangiboev Ulug'bek, 4. Rasul Musaev, 5. Islom Seytnazarov, 6. Alisher Soburov, 9. Damir Nizanov, 10. Navro'z Alimov, 11. Navro'zbek Xaipov, 13. Rinat SHilmanov, 14. Ulug'bek Qutliboev, 18. Baxtiyor Arziev, 21. Babajanov Azamat
Zaxira: 16. Aybek Jamshidov, 2. Baranbaev Jamshid, 7. Talasbaev Nurlibek, 8. Miras Karliboev, 15. Albert Siddiqov, 17. Karimbaev SHirif, 23. Alpomis Ajbanbekov

"Surxon": 1.Ruslan Matniyazov, 7. Nematov Suxrob, 10. Vaxobov Baxriddin, 15.Elbek Otaqulov, 17. Mirzaev Alisher, 19.Farxod Tojiev, 22. Islom Inomov, 24. Ibrohim Raximov, 30.Daniel Nasriddinov , 77. Eminov Sardorbek, 92. Usmonov Azizbek
Zaxira: 12. Axmedov Azamat, 3. Alijonov Ilxom, 4. Abdullaev Ibrohim, 6. Sirojiddin Qo'ziev, 9. Norov Nizomjon, 11. Xushbakov Dilshod, 99. Abdullaev Bek

Furqat Yusupov tayyorladi

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика