So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  206 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  1 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

Orif Mamatkazin istefoga chiqarildi, Edgar Gess Andijonga keldi Yangiliklar

Orif Mamatkazin istefoga chiqarildi, Edgar Gess Andijonga keldi

Kecha “Andijon” jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi.
“Buxoro” klubiga yirik hisobda imkoniyat boy berilganidan so'ng rahbariyat murabbiylar shtabini yangilashni maqul topdi.

Bungacha vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajarib kelgan Orif Mamatkazin hamda darvozabonlar murabbiyi Qobil Olimjonov istefoga chiqarildi. To'g'ri, “Andijon”ni oliy ligada qolish imkoniyati pasayib ketgan bo'lsada, rahbariyat yangi murabbiy olib kelishga qaror qildi.

Tajribali mutaxassis Edgar Gess “Andijon” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanish arafasida. Malumki, Gess bungacha “Buxoro” jamoasini boshqarib avgust oyida istefoga chiqarilgandi. Edgar Yakovlevich uchun “Andijon” begona emas. U 2006 yilgi mavsumning ikkinchi yarmi va 2007 yilning birinchi davrasigacha andijonliklarni boshqargan. Bu murabbiyning qo'l ostida jamoamiz yomon o'yin ko'rsatmaganini muxlislar yaxshi bilishadi. Oradan malum vaqt o'tib Gess “Andijon”ga qaytmoqda. Kecha kunning ikkinchi yarmida murabbiy Andijonga keldi. Gess bilan shartnoma tuzilgach, murabbiy ishga kirishadi. Edgar Yakovlevichdan tashqari klub qarorgohiga Oleg Tyulkin va Vitaliy Legay ham tashrif buyurishdi.

Bir necha yillardan beri yurtimizda faoliyat ko'rsatib kelayotgan Edgar Gess ilgari “Andijon”dan tashqari “Nasaf”, “SHo'rtan” va “Buxoro” jamoalarini ham boshqargan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика