Orif Mamatkazin: "Davralar oralig'ida jamoada katta o'zgarishlar bo'ladi"
01 iyu 2016 22:28
Yangiliklar
Orif Mamatkazin: "Davralar oralig'ida jamoada katta o'zgarishlar bo'ladi"
"Navbahor" - "Andijon" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Orif Mamatkazin o'z fikrlarini bildirdi.
"Avvalo "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ikkala jamoaga ham ochko kerak edi. Biroq mezbonlarga omad ko'proq kulib boqdi. Birinchi bo'limdagi tezkor gollar ularga yordam berdi. Agar hakam penalti belgilaganida o'yin butkul boshqacha kechardi. Safarda durangga erishishimiz mumkin edi. Bu futbol, unda kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Ijobiy natija uchun harakat qildik, afsus bunday bo'lmadi. Ikkinchi bo'limdan qoniqdim. Muxlislarimizga bizni qo'llab quvvatlashgani uchun rahmat aytaman. Davralar oralig'ida jamoada katta o'zgarishlar bo'ladi", - deydi Orif Mamatkazin.
"Andijon" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar