“O'rgimchak odam”: “Mbappega “Tottenxem”ni tavsiya qildim, u esa …”
15 dek 2021 07:30
Yangiliklar
“O'rgimchak odam”: “Mbappega “Tottenxem”ni tavsiya qildim, u esa …”
“O'rgimchak odam” roli ijrochisi Tom Xolland PSJ forvardi Kilian Mbappega “Tottenxem”ni tavsiya qilgani haqida gapirdi.
Aktyor “O'rgimchak odam: uyga yo'l yo'q” promo-turi doirasida “Oltin to'p-2021” marosimi hamda parijliklar bazasiga tashrif buyurgandi.
“Mbappe bilan uchrashdik. U juda samimiy edi. Unga: “tanishganimdan xursandman. Sen “Tottenxem”ga o'tishing kerak”, dedim. Bunga javoban esa u kulib yubordi va bu imkonsiz deb aytdi”, degan Xolland.
Fikrlar