So’nggi yangiliklar

18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан" (матнли трансляция)  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  6 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  13 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  110 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  6 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  14

RPL. "Rostov" so'nggi pog'onadagi jamoani mag'lub eta olmadi Yangiliklar

RPL. "Rostov" so'nggi pog'onadagi jamoani mag'lub eta olmadi

Teglar :  RostovOrenburg
Rossiya Premer-ligasining 28-turidan o'rin olgan "Orenburg" - "Rostov" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

Orenburg – Rostov 0:0

"Gazovik"

Orenburg – Klimovich, Malyx, Sivakov, Terexov, Zotov, Lipovoy, Kulishev, SHkoflek (Kozlov, 89), Ayupov, SHaxov, CHukanov.

Rostov – Pesyakov, Osipenko, Xadjikadunich, Logashov (Popov, 46), CHernov, Normann, Glebov, Mamaev, Ionov (Saplinov, 84), Dolgov (Zaynutdinov, 46), SHomurodov (Proshlyakov, 68)

Ogohlantirish: Malyx (19), Normann (44).

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI. "Rostov" 16-o'rindagi jamoani mag'lub eta olmadi.

3 daqiqa qo'shib berildi.

87. ZARBAAAAAAA!! Normanning o'ng qanotdan podachasidan keyin Saplinov boshi bilan zarba yo'lladi. Klimovich to'pni qiyinchilik bilan qaytardi.

83. UXXXX!!! Ionovning erlatib darvoza yoniga uzatgan pasini darvozaga to'g'rilab qo'yadigan "Rostov" futbolchisi topilmadi.

80. "Rostov" qiynalmoqda. CHindan ham bunday 3 qavatli himoyadan o'tish oson emas.

75. "Rostov" katta bosim uyushtirmoqda. "Orenburg" 11 kishi bo'lib himoyalanyapti. Ammo vaziyatlar bo'lmayapti.

72. "Rostov"da qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Qanotdan uzatib berilgan to'p rikoshet hosil qilmaganida Proshlyakov zarba berishga tayyor turgandi.

68. SHomurodov o'z o'rnini Proshlyakovga bo'shatib berdi. Eldor uchun o'yin juda yomon o'tdi deya olamiz.

63. Lipovoy chap oyog'ida chiroyli zarba beraman deb o'ylagandi. To'pni aylantirib, Robben uslubida tepmoqchi edi. Lekin Robben maydonda yo'q)

59. Mamaevning zarbasi raqibiga tegib, maydonga qaytdi.

56. Zarbaa!! Xajikadunichning zarbasini Klimovich mushtlari bilan qaytarib yubordi!

54. CHukanovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Pesyakov ushlab oldi.

53. Zotovning zarbasi raqibiga tegib, to'p maydon chekkasiga ketib qoldi.

51. O'yin markazda o'tayotgani uchun yozishga arzigulik hech nima yo'q.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Ilk daqiqadanoq Osupenko "Orenburg" darvozasi tomon kuchli zarba yo'lladi. To'p darvoza to'rining tashqi tomoniga borib tegdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. Ionovning zarbasini Sivakov "podkati" bilan qaytardi.

2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Matias Normann tezkor qarshi hujumni to'xtatgani uchun sariq kartochka oldi.

40. "Orenburg" so'nggi daqiqalarda tashabbusni qo'liga olgan.

36. Agarda bugun "Rostov" g'alabaga erishadigan bo'lsa, kelasi mavsumda evrokuboklarda o'ynashi aniq bo'ladi.

33. Kulishevning xavfli zarbasini Pesyakov ushlab oldi.

30. Zotov markazda to'pni raqibidan olib qo'ydi va "Rostov" jarima maydonchasi ichigacha kirib borib zarba berdi. To'p himoyachiga tegib, jarima maydonchasi tashqarisiga chiqib ketdi.

28. Jarima maydonchasi ichida Normanning zarba yo'llashiga "Orenburg" himoyachilari yo'l qo'yishmadi.

26. "Rostov" tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotgandi, kutilmaganda Dolgov to'pni qo'l bilan o'ynab yubordi.

22. O'yin juda zerikarli o'tmoqda.

19. "Rostov" futbolchisiga qarshi juda qo'pol o'ynagani uchun Andrey Malix ogohlantirildi.

17. ZARBAAAAAAAAA!!! Mamaev 25 metrlardan kuchli zarba yo'lladi. Klimovich to'pni qaytardi. O'yindagi ilk zarba.

15. Mamaev chap qanotdan to'pni markazga, raqib jarima maydonchasi ichidagi SHomurodovga to'pni oshirgandi. Lekin himoyachilar o'z o'rnida.

11. Faqat va faqat pas ko'ryapmiz, ortiqcha biror nima yo'q.

7. SHkoflek hujumga o'tayotgandi, biroq himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.

3. Yana jarima zarbasi. Mamaev to'p oldida. Pavelning oshirgan to'pini SHaxov boshi bilan qaytarib, autga chiqarib yubordi.

2. "Rostov"da ilk daqiqalardan jarima zarbasi yuzaga kelgandi. Biroq "podacha"ni himoyachilar qaytarib yuborishdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Barcha rasmiy tadbirlar o'tkazildi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Hozirda "Lokomotiv" tarkibida o'ynayotgan Vadim Afonin aynan "Orenburg" tarkibidan kelgandi. Jamoa hozirda so'nggi o'rinda ketmoqda.

- Bugun kayfiyatni biroz tushurgan "Energetik-BGU"ning o'rnini "Rostov" g'alaba bilan to'ldirib ketishini, SHomurodov esa gol urishini istayapman.

- Qadrli futbol muxlislari, Minskdan Orenburg tomon etib keldim) O'yinni sizlar bilan birgalikda Mirjalol Normatov kuzatib bormoqda. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика