Ore "Tottenxem" bilan shartnomasini bekor qildi
01 sen 2021 10:20
Yangiliklar
Ore "Tottenxem" bilan shartnomasini bekor qildi
Himoyachi Serj Ore va "Tottenxem" o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilishga kelishishdi.
"Menga "Tottenxem"ga o'tkazgan vaqtlarim yoqdi, klub va muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman, ammo hozir men uchun yangi chaqiriqning ayni payti", - dedi Ore.
Afrikalik futbolchiga "Uotford", "Betis", "Spartak" va "Jenoa" klublari qiziqish bildirmoqda.
Serj Ore 2020/21 yilgi mavsum APL doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
Fikrlar