"Ordabasi"da g'alaba, Geynrix 18-sekundda gol urdi
25 apr 2015 20:07
Yangiliklar


"Ordabasi"da g'alaba, Geynrix 18-sekundda gol urdi
Qozog'iston chempionati 9-turi doirasida hamyurtimiz Aleksandr Geynrix to'p tepayotgan "Ordabasi" jamoasi safarda "Tobol"ga qarshi maydonga tushdi.
SHimkentliklar sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Aleksandr Geynrix o'yinning 18-soniyasida gol kiritib hisobni ochdi. Ushbu gol mavsumning eng tezkor goli bo'ldi.
Mehmonlar 3:1 hisobida zafar quchishdi. Sasha o'yinda 90 daqiqa harakat qildi. "Ordabasi" ushbu g'alabadan so'ng musobaqa jadvalida ikkinchi o'ringa chiqib oldi.
Qozog'iston chempionati
"Tobol" (Kostanay) - "Ordabasi" (SHimkent) 1:3 (1:3)
Gollar: Aleksandr Geynrix 1 (0:1), Simchevich 19 (0:2), Bugaev 32 (1:2), Bojich 38 (1:3).
Ogohlantirishlar: Yurin 55, Krasich 67
"Ordabasi": Sidelnikov, Malyy, Simchevich (Adirbekov 88), Suyumbaev, Traykovich, Beysenov, Nurgaliev, Petrov (Ashirbekov 57), Bojich, Aleksandr Geynrix, Tungishbaev (Sariev 65).

Fikrlar