“Ordabasi” g'olib bo'ldi, Geynrix zaxirada qoldi
26 sen 2015 22:03
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/178186_original.jpg)
![](/upload/storage/178186_220.jpg)
“Ordabasi” g'olib bo'ldi, Geynrix zaxirada qoldi
Qozog'iston Premer-ligasining 27-turi doirasida hamyurtimiz Aleksandr Geynrix to'p tepayotgan CHimkentning “Ordabasi” klubi “Atirau” jamoasi mehmoni bo'ldi.
Uchrashuvda “Ordabasi” 3:1 hisobida zafar quchdi. Uzoq muddatli diskvalifikaciyasini yakuniga etkazgan Geynrix o'yin qaydnomasidan o'rin oldi, biroq maydonga tushgani yo'q. 27ta o'yindan 40 ochko olgan “Ordabasi” musobaqa jadvalining 5-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi o'yinni 3 oktyabr kuni o'z maydonida "Aktobe"ga qarshi o'tkazadi.
"Atirau" - “Ordabasi” 1:3
Gollar: Vladimir Arjanov 16 - Aleksandr Simchevich 30, Edin Yunuzovich 38, 61.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar