Oradan 8 yil o'tib... FIFA Iroqqa uyda o'ynashga ruxsat berdi
08 mar 2022 21:46
Yangiliklar
Oradan 8 yil o'tib... FIFA Iroqqa uyda o'ynashga ruxsat berdi
Gap shundaki, Xalqaro futbol tashkiloti Iroq milliy terma jamoasiga 24 mart kuni o'z maydonida to'p tepishga ruxsat berdi. SHu kuni iroqliklar JCH saralash bosqichidan o'rin olgan 9-tur uchrashuvida BAA termasini qabul qilishadi.
FIFA bu o'yin Bag'dod shahridagi "Al Madina" stadionida bo'lib o'tishini tasdiqladi. Malumot uchun, Iroq termasi bungacha uy uchrashuvlarini Qatar poytaxti Dohada o'tkazib kelayotgandi.
Iroq termasi oxirgi marta o'z uyida 2013 yil Liberiya termasiga qarshi maydonga tushgandi. Bu yil hisobidan esa Iroq 21 yanvar kuni o'z maydonida Uganda termasiga qarshi bahs olib bordi. Faqat bu o'rtoqlik o'yini maqomida edi. BAA bilan kechadigan bahs esa rasmiy maqomda bo'ladi, bo'lib ham JCH saralash bellashuvi.
Iroq terma jamoasi o'z maydonida oxirgi marta 2001 yilning 28 sentyabr kuni JCH saralash bahsini o'tkazib, Bahraynni 1:0 hisobida mag'lub etgandi.
Fikrlar