So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  90 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  26 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2

Oqilxon Mahmudov: “Ular futbolni tushunishmaydi” Yangiliklar

Oqilxon Mahmudov: “Ular futbolni tushunishmaydi”

Mamlakatimiz futbolini rivojlantirish uchun har yili yangicha fikrlar ostida boshlanadigan izlanishlar, soqollar orasiga kirib ko'zdan g'oyib bo'lgan ko'z yosh kabi unsiz qolmoqda.
Mavsum boshlanishi arafasida olib boriladigan ishlar haqida eshitgan kishi, endi futbolimiz “premer liga” yoki “la liga” kabi ko'tarilishga ega bo'lsa kerak deb o'ylaydi. Mavsum intihosi yaqinlashganida esa... Buning sababini ko'pchilikdan so'radik ammo aniq bir javobni olish nasib etmadi. Ehtimol navbatdagi suhbatdoshimizning fikrlari bu masalaga oydinlik kiritib bera olar. CHunki mazkur suhbatdoshimiz birinchi liganing bir qancha jamoalarida to'p tepib, o'ziga kerakli tajriba va xulosani olgan bo'lsa neajab?! Keling birgalikda suhbatni mutolaa qilamiz...

― Mavsumni uchinchi bo'lib yakunlash bizningcha “Qo'qon 1912” jamoasi uchun yaxshi natija. Sizningcha qanday?
― Siz aytayotgan natija nafaqat biz uchun balki turnirning boshqa ishtirokchilari uchun ham yaxshi natija hisoblanadi (Oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritgan jamoalar bundan mustasno). Jamoamizning o'yinlariga va tarkibiga nazar tashlagan bo'lsangiz, jamoamiz bundanda yaxshiroq natijani qo'lga kiritishi ham mumkin edi. Bir so'z bilan aytib o'tadigan bo'lsak, jamoamiz “oliy liga” yo'llanmasi uchun kurashuvchi jamoalar qatoriga kira olardi. Ammo taassufki biz bu yilgi imkoniyatdan maxrum qoldik. Ammo jamoa rahbariyati oldimizga qo'ygan vazifani uddalay oldik. Ular bundan xursand albatta.

― Sizni mavsum avvalida “Yangier” jamoasi libosida ko'rgandik. Ammo keyinchalik Farg'onaga qaytdingiz. Buning bironta sababi bormi?
― To'g'ri, aytganingiz kabi mavsum avvalini “Yangier” jamoasi safida boshladim. Ammo yashirib o'tirmayman “Yangier” jamoasining moliyaviy ahvoli qoniqarsiz edi. Biz futbolchilar moddif manfaat uchun emas balki muxlislar uchun maydonga tushamiz ammo vaziyatga real baho berib aytadigan bo'lsak, jamoa rahbariyati uchun “tekin xodim” bo'lish ham hech kimga yoqmaydi˗da. Mana shunday xolatdan nolib jamoani tark etganlar talaygina topiladi. Kaminaning ham boshidan mana shunaqa xolat o'tib turgan bir pallada ayni damda Qo'qon futbolini rivoji uchun elib˗yugurib yurgan Toxir Kapadze o'z jamoasi  “Qo'qon 1912”ga yordam berishimni so'radi. Bu taklifga ikkilanib o'tirmay rozi bo'ldim. Boisi Qo'qonda to'p tepishim o'zim uchun ancha qulay bo'ladri. CHunki oilam davrasida ko'proq vaqt birga bo'lish imkoniyati mavjud bo'ldi.

― Aytingchi, nima sababdan bizning futbolimizda mana shuday xolatlar kuzatilib qolaveradi? Buning bir jiddiy sababi bormi?
― Bu holat faqat bizning futbolimizda emas. Balki chet elda ham kuzatilib turiladi. CHet elda to'p tepadigan do'stlarim bilan gaplashib qolganimda ulardan bu haqida eshitganman. Ammo bu xolatni yuzaga keltiradiganlar malum. Ular futbolni tushunmaydigan kimsalardir. CHunki ular futbolni pullar uchun tashkil qilishadi. Aslida futbol u uchun emas balki, yuqorida takidlab o'tganimdek, muxlislar uchun tashkillanishi lozim. Ana o'shandagina ko'zlangan maqsadga erishish mumkin bo'ladi menimcha.

― Nima uchun aynan himoyachi bo'lgansiz? Futbolchini tezroq tanitadigan  boshqa amplualar ham bor edi˗ku?
― Futbolni ilk sir˗asrorlarini o'rganish uchun ilk bora futbol maktabiga borganimda etti yoshda edim. O'shanda menga birinchi ustoz siftida Anvar Siddiqov ismli murabbiy tarbiya bera boshladi. U kishi har bir boladagi qobiliyatni aniq ko'ra bilishdek zukkolikni o'ziga mujassam qilshgandi. Meni bu ampluada qolishimga aynan mana shu ustozim hamda Sobirjon Jumaboev ismli murabbiyim sababchi bo'lgan. Qolaversa, o'zim ham bu poziciyani yaxshi ko'raman. SHundan bo'lsa kerak, xujumchilarni xujumini buzishni va oldinga harakat qilishni juda ham yoqtiraman.

― Kumiringiz bormi?
― Ha albatta bor. Aslida xujumkor futbolni ishqibozi va tarafdoriman. Xujumchilarni hamlasini parokandalikka uchtarib, jamoamning xujumini boshlab berishni, kezi kelganida o'zim ham xujumlarda faol qatnashishni yoqtiraman. Bolalik chog'imdan boshlab Braziliya terma jamoasining muxlisiman. Bunga undagan shaxs bu Roberto Karlos hisoblanadi.

― Mavsum ham o'z poyoniga etib bo'ldi. Hademay yangi mavsum taraddudi boshlanadi. Sizni kelasi mavsumda qaysi jamoa safida ko'rishimiz mumkin?
― Ochig'ini aytganda aniq bir jamoa bilan kelishuvga erishmadik. Bu borada shug'ullanadigan masul shaxs bor. Men faqat futbol o'ynashni bilaman. Lekin shuni aytib o'tishim mumkin˗ki, endi bundan buyon imkon qadar oliy ligada to'p tepmoqchiman. CHunki quyi ligadan o'zim uchun  kerakli tajribani olib bo'ldim.

― Ayni damda tatilni qanday va qaerda o'tkazyapsiz?

― Malumki biz futbolchilar millionlar o'yini bilan mashg'ul bo'lib, oila va do'stlar davrasiga juda kam vaqt topamiz. SHuni etiborga olgan xolda tatilni oilam va do'stlarim davrasida o'tkazishni maqul topdim. Demak ularni davrasida ekanman, tatilni alo kayfiyat bilan o'tkazyapman.

― Oqilxon mazmunli suhbat uchun sizga jamoatchilik nomidan minnatdorchilik bildirib qolaman! Kelgusi faoliyatingizga omad tilaymiz!

― Samimiy tilaklaklaringiz uchun rahmat. Sizlarni mehnatingizni hurmat qilaman va saytingizdagi maqolalarni maroq bilan mutolaa qilaman. Sizlarga kelajakda ham ulkan ijodiy zafarlar tilayman!

Ro'zali Qurbonov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика