"Oq-tepa": Jamoamiz qishgi tatildan bir oydan so'ng qaytadi
11 noy 2013 17:15
Yangiliklar

"Oq-tepa": Jamoamiz qishgi tatildan bir oydan so'ng qaytadi
Yurtimizda yana bir futbol mavsumi yakunlandi.
Mart oyining so'nggi besh kunligida start olgan O'zbekiston Birinchiligi bahslari roppa-rosa etti oy davom etdi. Ishqibozlarimizning xabari bor, musobaqada munosib ravishda qatnashishni maqsad qilgan jamoamiz chempionatni safarda “Yangier”ni mag'lub etish bilan boshladi. SHundan so'ng yana uch uchrashuvda mag'lubiyat neligini bilmadik. SHu tariqa birin-ketin ochkolarni qo'lga kiritib, birinchi bosqichni 4-pog'onada yakunladik. Etiborlisi, birinchi bosqichda yakunda oliy ligaga yo'llanmani qo'lga kiritgan “Andijon”ning to'qqiz o'yin davom etgan mag'lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo'ydik. Azamat Abduraimov murabbiyligidagi andijonliklar mavsumdagi ilk mag'lubiyatini Toshkentda “Oq-tepa” stadionida jamoamizdan qabul qilib olgandi – 3:0.
Yozgi tanaffusda “Oq-tepa”ni bir qator etakchi o'yinchilar tark etdi. Tabiiyki, bu o'z-o'zidan ikkinchi bosqichdagi natijalarimizga ham tasir o'tkazdi. Ahamiyatlisi, jamoamiz kuzgi o'yinlarda ham yana bir bor futbol ommasini o'ziga qaratdi. Sababi, endi chempionatni birinchi o'rinda tugatgan “Mashal” Toshkentda irodali ravishda mag'lub etildi – 2:1. Aytish joizki, “gazchilar” “Oq-tepa”ga qarshi uchrashuvga qadar 23 bahsda mag'lubiyat neligini bilmagandi.
Mavsumni 10-o'rinda yakunladik. O'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'yayotgan jamoamiz bosqichma-bosqich ko'zlangan maqsadlariga erishmoqda. Bu yil “Oq-tepa” zamon talablariga javob beradigan bazaga ega bo'ldi. Bazada mehmon jamoalar istiqomat qilishi uchun ham barcha sharoitlar bor.
Jamoamiz azolari ayni vaqtda qishgi tatilga chiqib ketishgan. Bosh murabbiy Aleksandr Tokovning rejasiga ko'ra, yangi mavsumga dekabr oyining ikkinchi o'n kunligidan tayyorgarlik boshlanadi. 2014 yilning yanvar, fevral, mart oylarida bosqichma-bosqich o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'tkaziladi. Tabiiyki, mazkur yig'inlar davomida o'rtoqlik uchrashuvlari ham tashkil etiladi.

Fikrlar