So’nggi yangiliklar

11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  4 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  8 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  1 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  1 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  14 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  4 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  13 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  4 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  15 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0

"Oq-tepa": “Xorazm” ham mag'lubiyatga uchratildi Yangiliklar

"Oq-tepa": “Xorazm” ham mag'lubiyatga uchratildi

"Oq-tepa" bugun navbatdagi nazorat uchrashuvida ham g'alaba nashidasini surdi.
Birinchi liga vakili “Xorazm”ga qarshi o'yinda jamoa aralash tarkib bilan harakat qildi. Kecha asosiy futbolchilar “Spartak”ka qarshi o'ynagani bois, bugun asosan kecha maydonga tushmagan o'yinchilar to'p surdi. Hisob mehmonlar tomonidan ochildi. Tajribali Marat Hoshimov 6-daqiqada 35 metrlardan belgilangan jarima to'pini darvozaga joylagan bo'lsa, oradan to'rt daqiqa o'tib endi Zafarjon Qoraqulov undan-da, chiroyli gol bilan hisobni tenglashtirdi. Yarim himoyachi xuddi shuncha masofadan darvoza to'qqizligini nishonga oldi.

Tanaffusdan so'ng tarkibda bir qator o'zgarishlar amalga oshirildi. So'nggi daqiqalarda tajribali yarim himoyachi Sobir Usmonxo'jaev jamoamizga g'alaba keltirgan gol muallifiga aylanib, uchrashuvga nuqta qo'ydi.

Nazorat uchrashuvi
OQ-TEPA – XORAZM – 2:1 (1:1)
24 mart. Toshkent. “Oq-tepa” stadioni.
Bosh hakam:
Dilshod Karimov.
Qanot hakamlari: Bahodir Bahramov, Doniyor Saylovov.
“Oq-tepa”: Bahodir Mirsoatov, Sobir Usmonxo'jaev, Jo'rabek Sobirov (Ibrohim No'monov), Abdujalil Hasanov, Berumiy Abdunabiev (Konstantin Petrov), Jaloliddin Saidov, Izzatilla Abdullaev (Sardor Soibov), Maruf Ahmadjonov (Vladislav Pavlovskiy), Zafarjon Qoraqulov (Suhrob Sarimsoqov), Muhammadali Fayzullaev, Aziz Fayziev (Abdumavlon Tursunov).
Gollar: Marat Hoshimov, 6 – 0:1. Zafarjon Qoraqulov, 10 – 1:1. Sobir Usmonxo'jaev, 87 – 2:1.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика