So’nggi yangiliklar

13:44Ўзбекистонда ўтадиган футзал бўйича Жаҳон чемпионати-2024 тимсоли эълон қилинди  6 13:22Эркин фикр: Олимпиада футболдан воз кечиши керак  5 13:00Бугун Олимпиадада иштирок этадиган спортчиларимизнинг иштирокидан ОНЛАЙН  1 12:53Флик: "Биз тўғри йўлдамиз, ҳали яна қўшишимиз мумкин"  4 12:05Анчелотти: "Суперкубок ҳақида ўйлаш вақти келди"  4 11:18"Месси мени ҳамиша тушликка таклиф қилади"  11 10:26"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Икрамов Темур  0 10:11Англия терма жамоасини сентябрь ойидаги ўйинларида ким бошқариши маълум  1 09:44«Бавария» ёзда тўрт нафар футболчисини сотади  3 09:15Мбаппе ёки Виниcиус? Анчелотти «Реал Мадрид»да ким пенальти тепишини айтди  3 08:48Ўзбекистон кубоги. Бугун чорак финалнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  18 08:20ЕЧЛ, 3-саралаш босқичи. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:55Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Милан" 2:2, "Барса" пенальтиларда ютқазди  2 07:50Бугун Баҳодир Жалолов ва яна 4 нафар спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади (рўйхат)  4 07:35Ўртоқлик учрашуви. "Реал Мадрид" - "Челси" 2:1, Мудрикнинг тезкор рейдига аниқлик етишмади  1

"Oq-tepa" - "So'g'diyona" 1:2 yoxud Jizzax klubi oliy ligada qoldi! Yangiliklar

"Oq-tepa" - "So'g'diyona" 1:2 yoxud Jizzax klubi oliy ligada qoldi!

Teglar :  So'g'diyonaOq-tepa
Olmaliqda oliy ligaga o'tish o'yinida Toshkentning "Oq-tepa" va "So'g'diyona" klublari to'qnash kelishdi.

Oliy Liga yo'llanmasi uchun o'tish o'yini. 25 noyabr (chorshanba)
Oq-tepa (Toshkent) – So'g'diyona (Jizzax) 1:2
Hakamlar
: V. Kovalenko (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Usmanov (Toshkent), M. Muhamedov (Toshkent vil.)

Gollar: Sanjar Rashidov 29, - 0:1. Temur Hakimov 53, - 1:1. Akmal Abdurahmonov 77, - 1:2.

"Oq-tepa": 1.Mixail Naumov, 17.Farhod Mirahmatov, 2.Jaloliddin Saidov, 19.Temur Kagirov, 14.Zafarjon Qoraqulov, 5.Temur Yafarov (4.Davronbek Umirov, 83), 15.Sobir Usmonxo'jaev, 7.Anvar Rahimov, 20.Ildar Magdeev, 11.Temur Hakimov, 10.Abdul Aziz Yusupov.
Zaxira: 35.Rustam Dadaboev, 23.Abdujalil Hasanov, 18.Tursunboy Rahimberdiev, 24.SHahzod Anvarov, 25.Maruf Ahmadjonov.
"So'g'diyona": 31.Mixail Spiridonov, 6.Sobir Hamidov (93.Islom Isoqjonov, 55), 7.Sanjar Rashidov, 10.Jasur Hakimov (21.Akmal Abdurahmonov, 74), 17.Muzaffar Muzaffarov, 19.Sardor Qahhorov, 22.Saydullo Rahmatov, 23.Bobur Qosimov, 24.Asiljon Begimqulov, 28.Sanjar Rihsiboev (94.Xurshid Muxtorov, 88), 83.Aleksandr Kleckov.
Zaxira: 89.Doniyor Usmonov, 40.Muqimjon Toshmatov, 77.Izzat G'aniev, 88.Qahramon Bahodirov.

Ogohlantirishlar: Jasur Hakimov 52,Jaloliddin Saidov 60, Akmal Abdurahmonov 79,

Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).



YANGILASH

MATNLI TRANSLYACIYA


90+4. O'YIN TUGADI, "So'g'diyona" oliy ligada qoldi!

90+3. Ogohlantirish. Sardor Qahhorov

90+2. Akmal Abdurahmonov birga bir vaziyatga chiqib borib gol ura olmadi!

90. Asosiy vaqtga 4 daqiqa qo'shib berildi

87. O'zgarish. "So'g'diyona". Sanjar Rihsiboev o'rniga Xurshid Muxtorov tushdi

86. Xavfli vaziyat! Burchak to'pidan so'ng "Oqtepa" gol urishi mumkin edi, ammo Magdeevning zarbasini Spiridonov qaytardi!

84. O'zgarish. "Oqtepa". Temur Yafarov o'rniga Davronbek Umirov  tushdi

79. Ogohlantirish. "So'g'diyona". Akmal Abdurahmonov

78. ZARBAAA! Abdurahmonov-Isoqjonov kombinaciyasidan so'ng Islombek zarba berdi, Naumov to'pni qaytardi.

77. Sanjar Rihsiboevning zarbasini Naumov qaytardi, qaytgan to'pni Abdurahmonov darvozaga joyladi - 1:2.

77. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:2. Akmal Abdurahmonov!!!

74. O'zgarish. "So'g'diyona". Jasur Hakimov o'rniga Akmal Abdurahmonov tushdi

73. ZARBAA! Anvar Rahimov jamoadoshlari boshlagan hujumni zarba bilan tugatdi, zarba ustun yonidan o'tib ketdi

72. Xavfli vaziyat!!! Abdulaziz Yusupov birga bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi, Spiridonov  to'pni qaytardi. Yusupov juda qulay imkoniyatni qo'ldan boy berdi

71. Jasur Hakimov jarima maydoni yonida yiqildi, hakam bu vaziyatda qoida buzilmaganini ko'rsatdi.

69. Xavfli vaziyat! Temur Hakimov darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi, to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. 

67. O'yin tenglashdi. Ikkala jamoa to'pni nazorat qilishga harakat qilishmoqda.  

63. Muzaffar Muzaffarov jarima zarbasini amalga oshirdi, to'pni Naumov ushlab oldi

62. Ogohlantirish. Jaloliddin Saidov

59. "Oq-tepa"ning hujumlari xavfli chiqmoqda. Temur Hakimov anchagina faol. "So'g'diyona" negadir oldinga o'ta olmayapti

58. Zarba! Zafar Qoraqulovning zarbasi noaniq ketdi

55. O'zgarish. "So'g'diyona". Sobir Hamidov o'rniga Islom Isoqjonov tushdi

53. Raqib darvozaboni bilan birga bir vaziyatga chiqib borgan Temur darvozabonning ustidan to'pni tashlab qo'ydi - 1:1.

53. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Temur Hakimov 1:1

51. Ogohlantirish. Jasur Hakimov hakamga etiroz bildirgani uchun

49. Xavfli vaziyat! Muzaffar Muzaffarov hozir 100 foizli vaziyatdan gol ura olmadi! Darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va Naumovning o'ziga to'pni tepib qo'ydi. Uning yonida Hakimov bo'sh edi...

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi. "Oqtepa" - "So'g'diyona" 0:1 

45. Xavfli vaziyat! Sanjar Rashidovda yana bir imkoniyat. Uning zarbasi ustun yonidan o'tib ketdi

44. "Oqtepa"ning hujumi, Abdulaziz Yusupov to'pni uzatdi, Spiridovga sovg'a bo'ldi

39. "Oqtepa" yana jarima to'piga ega bo'ldi. Rahimov-Qoraqulov-Magdeev-Rahimov kombinaciyasi noaniq tugadi

37. Xavfli vaziyat! Sanjar Rashidov darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib to'pni Jasurga oshirdi, Hakimov yana noaniq zarba berdi.

35. ZARBAAAAAAAAAAAA! Rashidovning pasidan so'ng Jasur Hakimov zarba berdi, Naumov to'pni qaytardi, qaytgan to'pga yana Hakimov zarba berdi, bu safar himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi.

33. "Oqtepa" burchak to'pi tepadi. Oshirib berilgan to'pga Yafarov zarba berdi, noaniq

29. Sanjar Rashidov chamasi 20 metrlardan kuchli va burama zarba berdi, to'p to'singa tegdi va Naumovning elkasiga tegib darvoza to'ridan joy oldi - 0:1.

29. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 0:1 "So'g'diyona" hisobni ochdi

28. Xavfli vaziyat! "Oq-tepa" hisobni ochishi mumkin edi. Magdeev himoyachilardan qochib ketib jarima maydoniga kirib bordi va to'pni Yusupovga uzatdi, Abdulaziz to'pga eta olmadi.

27. "So'g'diyona"dan javob hujumi. Jasur Hakimovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

26. Xavfli vaziyat! "Oq-tepa"ning hujumi xavfli chiqdi, o'ng qanotdan Magdeev uzatgan to'pni Temur Hakimov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!

24. "So'g'diyona" o'z ustunligini gol bilan isbotlashga urinmoqda, biroq hozircha yaqqol golga tortadigan vaziyat bo'lgani yo'q.  

20. Bugungi o'yinni O'zbekiston milliy terma jamoasi katta murabbiyi Ravshan Haydarov va O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Viktor Jalilov stadiondan tomosha qilishmoqda.

18. "Oq-tepa" jarima to'piga ega bo'ldi. Qanotga yaqin joydan Anvar Rahimov ijro etgan jarima zarbasi Ronaldinoning 2002 yil Angliyaga urgan goliga o'xshab ketdi. Ammo Spiridonov to'pni ushlab oldi.

15. ZARBA! Aleksandr Kleckovning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvozaga bordi, Naumov o'z o'rnida

13. "Oq-tepa"ning qarshi hujumi, o'ngdan Temur Hakimov tezlik bilan jarima maydoniga kirib borib to'p uzatdi, bu vaziyatda uni sheriklari qo'llab quvvatlashmadi.

12. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan Sardor Qahhorovning uzatib bergan to'pini Jasur Hakimov darvozaga yo'lladi, noaniq! Gol urish uchun ajoyib imkoniyat edi!

11. ZARBA! Muzaffar Muzaffarov zarba berdi, to'p ustun yonidan o'tib ketdi. Zarba ochiqchasiga o'xshamadi

11. Saidov o'z jarima maydoni yonida Sanjar Rashidovni yiqitdi. CHamasi 20 metrlardan jarima zarbasi

8. Uchrashuvda ustunlik "So'g'diyona" tomonida, jizzaxliklar ko'proq hujum qilishmoqda. "Oq-tepa" asosiy etiborni qarshi hujumga qaratgan.

5. ZARBA! Dastlabki zarba muallifi "So'g'diyona" yarim himoyachisi Sanjar Rihsiboev. Uning zarbasidan so'ng Naumov to'pni qiyinchilik bilan ushlab oldi.

1. Ilk hujumni "Oq-tepa" tashkil qildi. O'ng qanotdan uzatilgan to'pga Abdulaziz Yusupov eta olmadi. 

- O'YIN BOSHLANDI!

- Diqqat qiling ikkala jamoa maydonga tushib kelmoqda. Bugun "Oq-tepa" oq, "So'g'diyona" ko'k rangli formada o'ynaydi.

- Uchrashuv boshlanishiga 10 daqiqa qoldi, jamoalar chigalyozdi mashg'ulotlarni yakunlab kiyinish xonasiga kirib ketishdi.

- O'yinni SPORT telekanali orqali jonli ravishda tomosha qilish mumkin. Bahsni Zafar Imomxo'jaev sharhlab boradi.

- O'yin boshlanishiga 30 daqiqa vaqt qoldi. Stadionning yarmi deyarli to'lib bo'ldi.

- Dastlab "So'g'diyona", so'ngra "Oq-tepa" futbolchilari chigalyozdi mashg'ulotlarini o'tkazish uchun maydonga tushib kelishdi. 

- Uchrashuv boshlanishiga 1 soat vaqt qolganida stadionga muxlislar tashrifi u qadar ko'p emas.

- Soat 14:00da boshlanadigan o'yinni saytimiz orqali kuzatib borish mumkin.



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика