"Oq-tepa" Qozog'iston klubiga mag'lub bo'ldi
26 fev 2014 18:20
Yangiliklar


"Oq-tepa" Qozog'iston klubiga mag'lub bo'ldi
Bugun "Oq-tepa" navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
“Oq-tepa”ning bugungi raqibi Qozog'iston
chempionatining birinchi ligasi vakili “Jetisu-Sunkar” klubi bo'ldi.
Bellashuv teng kurashlar ostida kechgan bo'lsa-da, mehmonlar yirik hisobda
g'alaba nashidasini surdi. Birinchi bo'limda himoyachilarning xatosidan unumli
foydalangan toldiqo'rg'onliklar hisobni ochgan bo'lsa, tanaffusdan so'ng
ikki vaziyatni golga aylantirishib, g'alabani naqd qilishdi. Bu jamoamizning
qishgi tayyorgarlik davridagi eng yirik mag'lubiyatlardan biriga aylandi.
Nazorat uchrashuvi
“OQ-TEPA” – “JETISU-SUNKAR” (Qozog'iston) – 0:3 (0:1)
26 fevral. Toshkent. “Oq-tepa” stadioni.
“Oq-tepa”:
Ilhom Jumanov, Nodir Teshaboev, Said Tolipov, Doniyor Usmonov, Nodir
Sadullaev, Farrux Saydaliev, Bobur Abdurahmonov, Xurshid Yo'ldoshev
Nabijonovich, Alisher SHog'ulomov, Sobir Usmonxo'jaev, Maruf Ahmadjonov.
Zaxiradan tushganlar:
SHohruh Eshbo'taev, Farrux Zikriyaev, Zafar Qoraqulov, Nikita Pavlenko,
Sergey Rekun, Zokir Mirzaahmedov, Xurshid Yo'ldoshev Xurramovich.

Fikrlar